Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)

Barmoqlar orqali kayfiyat va organizmni boshqarish usullari

Diqqat bilan qo'lingizga qarang. Nimani ko'ryapsiz? Refleksologlar butun boshli biofaol nuqtalarni ko'rishadi. Tadqiqotlarga ko'ra, ular organizm va kayfiyatni nazorat qilish imkonini beradi. AdMe barmoqlar yordamida nimalarga erishish mumkinligiga oid maqolasi bilan bo'lishdi.

Bosh barmoq

Katta barmoq sizning barcha qarorlaringiz uchun javobgar. U havotir va bosh og'rig'i uchun masul. Shuning uchun kayfiyatingiz yahshi bo'lmasa, asabiylashsangiz va buning natijasida bosh og'rig'ini orttirsangiz, bosh barmoqni siqing, lekin juda kuchli bosim bilan emas. Tahminan 5 daqiqaga. Refleksologlarning so'zlariga ko'ra, bu bosh og'rig'idan halos bo'lishga yordam beradi.

Ko'rsatkich barmoq

Bu barmoq mushakdagi og'riqlar, shuningdek hafagarchilik, qo'rquv va hijillik tuyg'usini nazorat qiladi. Minnesota Universiteti tadqiqot malumotlariga ko'ra, mushakdagi og'riqlardan aziyat chekkan bemorlar refleksoterapiya seanslaridan keyin axvollari yahshilanganini takidlashgan. Ko'rsatkich barmoqni boshqa qo'lingiz kafti bilan 5 daqiqaga siqib turing.

O'rta barmoq

Agar o'zingizni odatdagidan ko'proq charchagandek xis qilsangiz yoki arzimagan narsalarga jaxlingiz chiqaversa, o'rta barmog'ingizni siqing. Tadqiqotlar bunday mashqlar qon bosimini pasaytirib, insonning o'zini hotirjam xis qilishiga olib kelishini ko'rsatdi.

Nomsiz barmoq

Salbiy xis-tuyg'ular va qayg'udan nomsiz barmoq yordamida halos bo'lish mumkin. Uni 5 daqiqaga o'rtacha bosimda siqing. Hotirjamlikni saqlash va nafas olishni nazorat qilishni unutmang.

Jimjiloq

Kichik barmoq insonning o'ziga bo'lgan ishonchi, stress va asabiylik uchun masul. Agar siz ich-etingizni eb, shahsiy fazilatlaringizga ishonchsizlik bilan qarasangiz, 5 daqiqalik jimjiloq mashqini bajarishingiz zarur. Bunga parallel ravishda ortiqcha o'y-hayollarni miyangizdan chiqarib tashlang va yahshiliklar xaqida o'ylashga xarakat qiling.

Kaft

Kaftingiz o'rtasini boshqa qo'l barmoqlari bilan bosing, aylanma xarakatlar bilan uqalang va 3 marta chuqur-chuqur nafas oling. Refleksologiyaga ko'ra, kaft - xis-tuyg'ular markazi. Tadqiqot malumotlariga binoan, kaftni muntazam uqalash ko'ngil aynishi, tushkunlik, diareya va qabziyat bilan kurashishda yordam beradi.

Tutash kaftlar

Kaftlarni tutashtirish ko'proq meditaciyada qo'llaniladi. U diqqatni jamlash, o'y-hayollar va xis-tuyg'ularni tartibga keltirishga yordam beradi. Kaftlarni tutashtirib, ularga qarama-qarshi bosim o'tkazish orqali qon aylanishini yahshilashga erishish mumkin.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 03.06.2017 / 23:31
O'qilgan: 950
Barcha fikrlar: 1
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Mehmon (18.06.2017 / 17:39)
Qoyil
Яндекс.Метрика