Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)

Jaxon noutbuklar kuni: Microsoft, Lenovo va Huawei taqdimotlari

Bugun biryo'la uch kompaniya o'z noutbuklarini namoyish qildi - Microsoft, Lenovo va Huawei. Ularning xar biri o'ziga hos jixatlarga ega. Hi-Tech so'nggi noutbuklar xaqidagi batafsil malumoti bilan bo'lishdi.

 

Microsoft Surface Pro'ni yangiladi

Bugun Microsoft Surface Pro noutbukini yangiladi. Asosiy yangilanishlar qurilma "kapoti ostida" kechdi. 

Yangilangan noutbuk (yoki planshet) Intel Kaby Lake processoriga ega bo'ldi. Shuningdek, Microsoft'da takidlanishicha, avtonom faoliyat vaqti 13,5 soatgacha oshirilgan. 

Bundan tashqari, Surface ko'k, bordo, tillarang va kulranglarda Surface Laptop misolidagi alkantra klaviaturasiga ega bo'ldi. Aftidan, Microsoft bu materialga, shuningdek USB klassik portlariga  jiddiy qiziqib qolgan ko'rinadi - yangi qurilmada USB C bo'lmaydi. 

Yangilangan Surface Pen yangi noyob ranglardagi variantlarida xar qanday xolatga moslashuvchan xarakatlarni qo'llab-quvvatlaydi. Shu bilan birga endi planshet ekranida Surface Dial xamda Surface Studio'ni qo'llash mumkin.

Yangi Surface Pro'ni 15 iyundan qo'lga kiritish imkoni paydo bo'ladi. Uning boshlang'ich narhi - 799 dollar. Shuni takidlash joizki, klaviatura aloxida sotiladi -  alkantra muqova uchun 159 dollar yoki oddiy qora klaviatura uchun 129 dollar to'lashga to'g'ri keladi. Surface Pen esa 99 dollarga tushadi. 

Lenovo yangi IdeaPad noutbuklar turkumini namoyish etdi

Lenovo kompaniyasi bugun jaxon bozoriga Lenovo IdeaPad yangilangan qatorining biryo'la oltin noutbukni namoyish qildi. Ularning orasida yangilangan modellar mavjud - IdeaPad 720, 520 va 320. Shuningdek ingichka va engil noutbuklar seriyasi xam to'ldirilmoqda — IdeaPad 720S, 520S va 320S. Eng ingichka modellardan biri IdeaPad 520S - 19,3 millimetr qalinlikda. 

Shuningdek IdeaPad yangi turkumida yangilangan klaviatura taqdim etilgan. Yangi qurilmalar Microsoft Precision Touchpad sensor paneliga ega bo'ldi. 

IdeaPad 720S flagmani Intel Core i7 processori xamda Thunderbolt 3 interfeysi bilan taminlanadi. Shuningdek seriya barmoq izlari datchiki va sensor ekran bilan taqdim etiladi. IdeaPad 520 va 520S qurilmalari ettinchi avlod Intel processori bilan taminlandi - Intel Core'dan tortib to NVIDIA GeForce 940MX grafikigacha. IdeaPad 320 va IdeaPad 320S byudjet modellari turli hil rang variaciyalarida taqdim etiladi. Sifatli materiallar va ishlov vada qilindi. 

Lenovo geymerlar uchun yangi 17 dyuymli Lenovo Legion Y920 o'yin noutbukini bozorga olib chiqadi, u VR-kontent bilan ishlash uchun sertifikatlangan. Model ettinchi avlod Intel processorlari bilan taminlangan.

Huawei raqibi MacBook'ga yanada yaqinlashdi

O'tgan yili Huawei tomonidan namoyish qilingan MateBook "ikkisi birda" sensor qurilma bo'lgan, lekin o'sha paytning o'zidayoq ko'pchilik uni Apple'ning MacBook'iga o'hshatgan edi. Bugungi yangilanishdan keyin MateBook X klaviaturali planshet maqomidan kechdi va MacBook'ga o'hshashlik yanada yaqqol ko'zga tashlanmoqda. 

Yangi MateBook ingichka, engil va shovqinsiz (ventilyatorlarsiz) bo'lib, 2K ekranga ega bo'ldi. Huawei qurilmada aerokosmik soxasida keng qo'llanuvchi sovutish tehnologiyasini qo'lladi. MateBook X profili ihcham va ingichka bo'lishiga qaramay, ettinchi avlodning kuchli Intel Core i7 yoki i5 processorlari lineykasi bilan taqdim etiladi. 

MateBook X narhlari - 1399-1699 dollar atrofida, yangi qurilma 2017 yilning yozida sotuvga chiqadi. 

Huawei'da takidlanishicha, MateBook X — Dolby Atmos Sound System funkciyali va  Dolby bilan xamkorlikda ishlangan dinamikli ilk noutbuk. Ishlab chiqaruvchilar shuningdek barmoq izlari datchikini Windows autentifikaciyasini qo'llovchi quvvatlanish tugmasiga integraciyalashdi. MateBook X uch hil rangda ishlab chiqariladi: Prestige Gold, Space Grey va Rose Gold.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 03.06.2017 / 23:31
O'qilgan: 658
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Яндекс.Метрика