Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)

«Uchta parallel daryo» - Hitoyning eng chiroyli milliy bog'i

Hitoyning janubi-g'arbiy qismida go'zalligi jixatidan g'aroyib joy bor. U erda Osiyoning eng katta uchta daryosi bir-biriga parallel oqadi, ularning xayratli vodiylari bir-biriga juda yaqin joylashgan. Bu Yanczi, Mekong va Saluin daryolarining yuqori o'zanlari bo'lib, ular Hitoyning «Uchta parallel daryo» nomli milliy bog'ida birlashgan.

Sino-Tibet tog'lari ko'pincha Sichuan Alpi deb ataladi, ular Tibet tog' tizmalaridan sharqqa cho'zilgan. Uch daryo aynan shu erdan boshlanadi va 170 kilometr davomida janub yo'nalishida oqib tushadi. Bu kabi tabiat fenomeni dunyoning boshqa xech bir erida uchramaydi. Past tog'li xududga chiqqanida uch daryo ajraladi va boshqa xech erda uchrashmaydi.

Sharqqa buriladigan Yanczi nafaqat Hitoydagi eng ulkan daryo, balki qitaning eng uzun va sersuv daryosi sanaladi. Mekong esa o'zining janubiy yo'nalishini davom ettiradi va bir vaqtning o'zida uchta mamlakat – Tailand, Kamboja va Laosning asosiy daryosiga aylanadi. Saluin xam suvini janubga, Andaman dengiziga olib boradi.

Tibet tog'lari sharqiy qismlarining absolyut balandligi 5-6 ming metrga etgani sababli janub tomon xarakatlangan daryolar xam ayrim xududlarda 3 ming metrga etadigan chuqur vodiylarni shakllantirgan. Bog'da go'zal manzarali dara va vodiylar ko'p. Ularga olib boruvchi sayyoxlik marshrutlari yo'lga qo'yilgan.

Biroq bu joy nafaqat uchta parallel daryolari bilangina qiziq, undagi biohilma-hillik kishini o'ziga jalb etadi. Mamlakat maydoni bilan qiyoslaganda u qadar katta bo'lmagan xududda Hitoyda kuzatilgan jami tirik organizmlarning chorak qismidan ortig'i uchraydi. Albatta, o'simliklar xam hilma-hil – bog' xududida ularning 6 mingdan ortiq turlari qayd etilgan. Biologik nuqtai nazardan bu kabi to'kinlik nafaqat relef va iqlim hususiyatlarining hilma-hilligi, balki mintaqaga etib kelishning qiyinligiga bog'liq. Yunnan provinciyasining bu qismida axoli zich joylashmagan, odamlarning ho'jalik faoliyati bir necha qishloqlarning xayoti va turizmni tashkil etish bilan cheklanadi.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 23.04.2019 / 20:58
O'qilgan: 924
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Яндекс.Метрика