Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)

Yuta shtatidagi chiroyli suniy ko'llar nima uchun yaratilgan?

Inson qo'li bilan yaratilgan sanoat manzaralari xam ayrim vaqtlarda kishida xayrat xissini uyg'otishi mumkin. Amerikaning Yuta shtatidagi kaliy tuz koni bunga bir misol.

Bu kon Kolorado daryosi vodiysida joylashgan bo'lib, undan 1965 yildan beri foydalanib kelinadi. Mutahassislarning xisob-kitoblariga ko'ra, bu erda 2 milliard tonnaga yaqin kaliy rudasi bor. Shuning uchun zahira 125 yillik faoliyat uchun etadi. Ushbu makonda kaliy hloridi va boshqa mineral tuzlari suniy bug'lantiruvchi ko'llar yordamida qazib olinadi. Kaliy tuzlarini bunday usulda qazib olish – uzoq va mexnat talab qiladigan jarayon. Parmalangan quduqlarga kaliy tuzlarini eritish uchun qaynoq suv xaydaladi. Bunday usulda olingan eritma yuzaga chiqarilib, bug'lanadigan ko'llarga quyiladi.

Tuzli ko'llarning maydoni 1,5 kv.km.ga yaqin va eritma tuproqqa singmasligining oldini olish uchun ularga mahsus suv o'tmaydigan material bilan ishlov berilgan. Bug'lanish bosqichiga qarab ko'llardagi eritmalar turli rangda bo'ladi. Suv bug'lanishini oshirish va shu yo'l bilan tuzni olish jarayonini tezlashtirish uchun qo'shilgan mahsus bo'yoqlar sabab ko'l to'q yashil-ko'k rangga kiradi. Biroq ayrim xollarda ko'llar qizil va sariq tusga kiradi. Bu esa eritmada muayyan turdagi suv o'tlarining mavjudligi bilan izoxlanadi. Qush parvoz qiladigan balandlikdan bug'lantiruvchi ko'llar juda chiroyli ko'rinadi.

Ortiqcha namlikni bug'lantirish jarayoni 9 oyga yaqin vaqt oladi. Undan so'ng qolgan mineral tuzlar yig'ilib, keyingi qayta ishlash jarayonlariga yuboriladi. Kaliy tuzlari qishloq ho'jaligida foydalaniladigan mineral o'g'itlarning muxim tarkibiy qismi sanaladi. Bundan tashqari, ular sanoatning boshqa soxalarida xam qo'llaniladi.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 23.04.2019 / 20:58
O'qilgan: 641
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Яндекс.Метрика