Dunyodagi eng g'aroyib velosipedlar
Calfee Road
Bu velosiped bambukdan ishlangan. Shunga qaramay, u baquvvat va mustaxkam. Ramasi qalin bo'lgani uchun yiqilganidan keyin xam velosiped zarar ko'rmaydi. Ushbu model buyurtmaga asosan turli ranglarda tayyorlanadi.
Penni Farting
Mana bu velosipedning bitta g'ildiragi boshqasiga qaraganda ancha katta. Eslatib o'tamiz, velosipedlarning ilk modellari aynan shunday ko'rinishda bo'lgan.
Felt IA2 Matte Carbon
Mana bu model esa karbondan ishlangan rama bilan jixozlangan. UHC Advanced kompaniyasi ishlab chiqaruvchilari to'qishning g'aroyib TeXtreme tehnologiyasini yaratishdi. Bugungi kunda u dunyodagi eng yahshisi sanaladi. Ushbu tehnologiya maksimal darajadagi barqarorlikni va yuqori amortizaciyani taminlaydi.
Renovo TT
Bu velosiped tezligini soatiga 48 km gacha etkazishi mumkin. Velosipedning ramasi qora yong'oq darahtidan ishlangan. Sezganingizdek, tezlik bilan bog'liq hususiyatlarga ega.
Waldmeister Single Speed
Mana bu velosiped esa qo'lda yasaladi va juda qimmat turadi. Waldmeister tabiiy yog'ochdan ishlanadi.
BMC Track
Tezlik ishqibozlari ushbu velosipedni yuqori baxolashadi. Vazni 7 kg dan kam bo'lgan velosiped tezligini soatiga 52 km gacha oshirishi mumkin.
Manba: Xabardor.uz