Farzandni qanday tarbiyalash kerak?
Aytish joizki, agar ota-onalar o'zlari bahtli bo'lishmasa, xayotdan minnatdor bo'lgan bolani tarbiyalay olishmaydi.
Baht meros bo'lib o'tadi.
Ko'pchilik ota-onalar muammolar faqat farzandlarida deb, o'zlarini esa begunox sanashadi.
Keyin esa bir hil vaziyatda bir-biriga zid ikki hil shahs shakllanayotganidan nolishadi: biri – muvaffaqiyatli va o'ziga ishonadigan, boshqasi esa aksincha komplekslarga to'la, “ichimdagini top” va agressiv. Ahir bu kimgadir etibor va muxabbat berilmagani, biroq bu faktni nazardan chetda qoldirilganini namoyish etuvchi fakt-ku.
Bolani ovqatlantirish, kiyintirishning o'zi etarli emas.
Bu g'amho'rlik holos, tarbiya emas. Afsuski, ko'pchilik ota-onalar buni etarli sanaydilar.
Nima eksang – shuni o'rasan.
Farzandimiz qariganimizda biz unga bolaligida qanday munosabatda bo'lsak huddi shunday munosabat bildiradi.
Maktab talimi standart fanlarni o'rganish bilan cheklanmasligi lozim.
Bolalar nazariyani yodlagandan ko'ra amaliyotda va katta xayotda amalga oshirishi mumkin bo'lgan bilimlarni olishi muximroq. Masalan, masuliyatlilik, qatiylik, kelisha olish va o'zgalarning vaqtini qadrlashni o'rganish.
Bolaning yomon baxo xaqidagi kuchli havotiri ota-onaning baxoga bo'lgan munosabatinigina aks ettiradi.
Agar ota-onalar bolaning o'qish, sportdagi muvaffaqiyatsizliklariga hotirjam munosabat bildirsa, bolalar xam hatolarini huddi shunday qabul qiladi. Ular xam hotirjam, o'zlariga ishonadi, oson talim olib, muvaffaqiyatli odamga aylanadi.
Bolani harakteri uchun emas, hatti-xarakati uchun jazolash kerak.
Agar farzandingiz siz so'ragan ishni bajarmasa, ovozingizning boricha baqirib, vaziyatga fojia tusini bermaslik kerak: «Sen kimga o'hshayapsan?!» Buning o'rniga bolaga uning aybi nima ekanini tinchgina tushuntirish, planshet yoki kompyuter kabi mukofotidan maxrum etish lozim. Ana shunda bolalar o'z hatti-xarakatlari uchun masul bo'lishni o'rganadilar.
Manba: Xabardor.uz