Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)

Osiyodagi supermarketlarda o'ramlar o'rniga barglardan foydalanilmoqda

Atrof-muxitning plastik tufayli ifloslanishi eng dolzarb va global muammolardan. Bu vaziyatda qayta ishlash orqali ijobiy natijaga erishish borasidagi malumotlar xaqiqatga to'g'ri kelmaydi. Taqqoslash uchun: 2013 yilda birgina AQSh tomonidan 254 million tonna chiqindi ishlab chiqarilgan, undan bor-yo'g'i 30 foizigina qayta ishlangan. Bu chiqindining qolgan qismi chiqindihonaga kelib tushgani, ming yilga yaqin vaqt davomida zaxarli gazlarni ajratib, osonlik bilan boshqa xududlar va okeanga tushib, yo'lida uchragan barcha tirik jonzotlarni nobud qilishi mumkinligini anglatadi. Afsuski, ko'pchiligimiz ushbu qayg'uli xaqiqatni anglamaymiz.

Vaziyat o'zgara boshlashi uchun yanada ko'proq odamlar mazkur havf xaqida bilishi va uni anglashi lozim. Bor-yo'g'i bir necha daqiqa davomida foydalaniladigan plastik o'ram yana yuz yillar davomida Erdagi barcha tirik jonzotlar uchun havf tug'dirishi xaqida so'zlash mumkin bo'lgan barcha imkoniyatlardan foydalanish kerak.

Yaqinda Osiyodagi supermarketlar ekodo'stona tashabbus bilan chiqishdi: sabzavotlarni o'rash uchun plastik paketlar o'rniga barglardan foydalanishni boshlashdi.

Bu o'rash uchun materiallarni harid qilish vaqtidagi tejamkorlikdan tashqari sayyorani nobud qiluvchi ko'p miqdordagi plastikdan foydalanishning oldini xam oladi.

Yaqin-yaqingacha Osiyo mamlakatlari eng ko'p miqdorda chiqindi ishlab chiqishda ayblanar edi. Bugun esa ular odatiy plastik o'rnini bosuvchi ekoo'ramlarni ishlab chiqishda tashabbus ko'rsatishmoqda. Bu Osiyodagi ko'plab startaplar uchun asosiy g'oya sanaladi. Barglardan tayyorlangan bioo'ram ana shunday yo'nalishdagi ilk qadamlardan biri bo'ldi.

Supermarket peshtahtalaridagi tartib bilan o'ralgan va tahlangan ilk sabzavotlar suratlari virusli tus oldi. Uni 3,5 million kishi tomosha qilgan. Mazkur trend Osiyodagi ko'plab oziq-ovqat do'konlarida qo'llanila boshlandi. Qayd etish kerakki, bu kabi innovaciya sotuvchilar obro'siga ijobiy tasir ko'rsatmoqda.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 20.04.2019 / 16:53
O'qilgan: 583
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Яндекс.Метрика