Uyqu sifatini yahshilashning 10 usuli
1. Xar doim bir vaqtda uhlash va uyg'onishni odat qiling
Ko'pchilik dam olish kunlari uyqudan kechroq turishga xarakat qiladi. Biroq olimlarning fikricha, bunday beqarorlik tufayli bizning cirkad ritmimiz buzilishi mumkin ekan. Uyquni yahshilash uchun xar kuni bir vaqtda uhlashga yotib, bir vaqtda uyg'onish tavsiya etiladi.
2. Charchoqni xis qilsangiz, biroz mizg'ib oling
Biroz mizg'ib olsangiz, o'zingizni yana tetik xis qila boshlaysiz. Biroq shuni xam inobatga olish kerakki, peshindan keyingi uyqu 45 daqiqadan oshmasligi kerak.
3. Zararli odatlardan voz keching
Mutahassislar spirtli ichimliklarni istemol qilmaslik va xech bo'lmaganda, uhlashga yotishdan 4 soat oldin chekmaslikni tavsiya qilishadi. Bu odatlardan butunlay voz kechsangiz, yanada maqsadga muvofiq bo'ladi.
Yahshi odatlar uyqu sifatiga ijobiy tasir ko'rsatadi. Ko'p tadqiqotlarning ko'rsatishicha, uyqu sifati unga ketgan vaqtdan-da muxim axamiyatga ega.
Liborio Parrino, Parma Universitetining nevrologiya professori va Halqaro Uyqu kuni qo'mitasi raisi
4. Kofein istemolini qisqartiring
Jaxon uyqu jamiyati tavsiyalariga ko'ra, uhlashga yotishdan kamida 6 soat avval kofein istemolini to'htatish kerak. Shuni yodda tutingki, u nafaqat qaxvada, balki choy, gazli ichimliklar va xatto shokoladda xam bor.
5. Uyqu oldidan to'yib ovqatlanmang
Engilgina tamaddi qilish mumkin. Biroq uhlashga yotishdan 4 soat avval og'ir, achchiq taomlar va shirinliklar istemolidan saqlanish lozim.
6. Uyqu oldidan sport bilan shug'ullanmang
Mutahassislarning so'zlariga ko'ra, sport bilan muntazam ravishda shug'ullanish kerak. Biroq uhlashga yotishdan oldin jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish uning sifatiga ziyon etkazishi mumkin.
7. O'zingizga qulay to'shaklarni tanlang
Agar tun yarmida isib ketib uyg'onsangiz, demak, odatiy yopinuvchi to'shagingizni almashtirishingiz kerak. Bu eng avvalo o'zingizning salomatligingiz uchun yahshi.
8. Yotoqhonani shamollating
Yaqinda o'tkazilgan tadqiqot davomida malum bo'lishicha, deraza ochiq bo'lgan honada uhlash uyqu sifatini yahshilar ekan. Agar honada kondicioner bo'lsa, uyquga muvofiq xaroratni tanlang. U odatiy xaroratdan bir necha daraja past bo'lishi kerak.
9. Chalg'ituvchi shovqin va yorug'likdan halos bo'ling
Yotoqhonada mavjud elektronika sizning to'yib uhlashingizga halaqit berishi mumkin. Masalan, yonib o'chuvchi raqamli soatlar, o'chirilmagan kompyuter va albatta, televizor.
10. To'shakda boshqa ishlar bilan shug'ullanmang
Smartfon yoki noutbuk yordamida to'shakda yotgan joyimizda kelayotgan habarlarga javob berishimiz mumkin. Biroq bunday odat bu joyning ish bilan bog'lanishiga olib kelishi mumkin. Bunday qilmaslikka xarakat qiling, to'shak uhlash uchun mo'ljallangan.
Yuqoridagi qoidalarga rioya qilib, uyqu sifatini yahshilaysiz, shuningdek to'yib uhlamaslikka chek qo'yasiz. Uyqusizlik esa sog'liq bilan bog'liq jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Manba: Xabardor.uz