Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:

Sakura — olho'rimi yoki olcha, yaponlar xosilni qachon yig'ib olishadi?

Yaponiya va Hitoyda sakura gullaganida butun dunyo bu mamlakatlarda olingan suratlardan zavq oladi. Bu erdagi birorta bog'ni ushbu  darahtsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Sayyoxlar mo'jizani tomosha qilish, professional fotograflar esa eng yahshi kadrlarni olish uchun mazkur mamlakatlarga sayoxatni ataylab baxor oylariga rejalashtirishadi. Bu kabi go'zal manzarani ko'rganda tasavvuringizda darahtning yozdagi xosili gavdalanadi. Biroq bu daraht o'zi nima: olchami, balki olho'ridir? Nima uchun xosil yig'ib olinishi xaqidagi habarlarni eshitmaymiz? Ahir bu kabi qiyg'os gullagan darahtda mevalar xam pishishi kerak-ku.

Aslida sakura bir turdagi muayyan o'simlik emas, erta gullaydigan butalar va olho'ridoshlar oilasiga mansub, baland o'smaydigan darahtlar guruxidir. Misol uchun Tokiodagi Sindzyuku-gyoen bog'ida sakuraning 75 ta turidan to'plangan. Bu butalar baxorning boshida gullaydi, u sexrli bulutni yodga soladi. Sakura oq rangdan tortib, och pushti rangda gullaydi. Biroq sakura deyilganida ko'pincha olcha darahti tushuniladi. Yovvoyi xolatda bu beozor daraht Yapon arhipelagi, shuningdek materikda – Hitoy xamda Koreya yarimorolida uchraydi. Yoqimli iqlim sharoitlarida bu olcha daraht o'lchamlarigacha, 20 metrdan ortiq balandlikkacha o'sadi. Biroq dekorativ maqsadlarda foydalaniladigan turlariga doimiy ravishda shakl berib turiladi.

Xozirgi kunda bu o'simlik kultivaciya qilinadi va uni istalgan hitoy va yapon bog'larida uchratish mumkin. Yaponiyada gullagan sakurani tomosha qilish ananasini anglatuvchi aloxida so'z xam mavjud. Bu anana yo'qolmaydi – mamlakatdagi millionlab yaponlar shaxar ko'chalari va bog'larga chiqib, tabiatning ushbu mo'jizasidan baxra olishadi.

Bundan tashqari, mamlakatning xar bir axolisi sakura gullashini tomosha qilishini oldindan rejalashtirishi uchun Yaponiyada meteorologik hizmat tomonidan turli prefekturalarda sakuraning gullash muddatlari prognozi beriladi. Biroq eng xayratlanarli jixati asosiy meteorologik postlar yonida albatta sakura darahti o'sadi, unga qarab iqlimshunoslar gullashning prognoz haritalarini tuzishadi.

Ammo sakuraning ko'plab turlari, jumladan keng tarqalgan mayda olcha xam eb bo'lmaydigan mevalarga ega, uning katta qismi danakdan iborat. Aynan shu sababli sakura mevalari asosan qushlar tomonidan istemol qilinadi, odamlar esa uning maftunkor gullash jarayonidan baxra olishadi.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 19.04.2019 / 10:19
O'qilgan: 193
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Яндекс.Метрика Statok.net