Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:

Olamni toza ko'rinishga keltirishni maqsad qilgan do'konlar

Ayrim xollarda Er sayyorasining tozaligi va havfsizligi bo'yicha shahsiy masuliyatni o'z bo'yniga olganlarning xafsalasi pir bo'ladi. Muayyan oilada plastikdan voz kechish xech nimani xal qilmaydigandek tuyuladi. Shuning uchun xam engilishga to'g'ri keladi. Muximi, bu kabi fursatlarda aslida bir o'zingiz emasligingizni anglash. Bundan  tashqari, biznes xam istemol va ishlab chiqarishni racional tarzda tashkillashtirishga chaqirmoqda.

Biz bu kabi tashabbuslar juda foydali va muxim deb xisoblaymiz. Ulardan ayrimlarini o'zimizda xam joriy etish lozim.

Maxsulotlar o'ramlarsiz sotiladigan do'konlar

Ortiqcha maishiy chiqindilarga qarshi kurashish oson emas, chunki odatda supermarketdan plastik, qog'oz, plyonka va folgaga o'ralgan maxsulotlarni harid qilamiz. Bularning baridan qutulishga to'g'ri keladi, biz amalga oshirishimiz mumkin bo'lgan yagona ish – chiqindini saralash.

Biroq xozirda Amerika va Evropada biz uchun odatiy maxsulotlar tortib sotiladigan do'konlar paydo bo'ldi: makaron, yorma, konfet va pechenelar. Bularning bari o'ramsiz. Ana shunday do'konlardan biri - Original Unverpackt. U Berlinda ikki dugona - Milena Glimbovski va Sara Volf tomonidan ochilgan.

Qizlar g'oyani muvaffaqiyatli kraudfanding kampaniyasi yordamida amalga oshirdilar. Ilk kunlardayoq bu kabi format ko'pchilik odamlarga qiziq ekani va ular bu kabi loyixa uchun mablag'ni hayriya qilishga qarshi emasliklari malum bo'ldi. 40 kun ichida Sara va Milena keragidan ko'proq pul yig'ishga muvaffaq bo'lishdi.

Original Unverpackt Germaniya xududidagi ilk chiqindisiz supermarketga aylandi. To'g'ri, tashqi tarafdan u ko'proq mo'jazgina shinam bozorchani yodga soladi: unda yorqin o'ramdagi cheksiz peshtahta, muzlatilgan go'sht va baliqqa liq to'lgan muzlatgichlar yo'q. Biroq bu erda 300 turdan ortiq ekomaxsulotlar bor.

Barcha maxsulotlar shisha idishlarga solingan, haridorlar o'zlariga keraklicha olishlari mumkin. Do'konga uydan banka va idishlar olib kelish kerak. Biroq ular xaqida unutgan bo'lsangiz, xechqisi yo'q. Ko'p marta foydalaniladigan idishlarni shu erdan harid qilishingiz mumkin.

Supermarket assortimentida yorma va makarondan tashqari, ziravorlar, yong'oqlar, sabzavot va mevalar xam mavjud. Bu erda uy uchun mo'ljallangan buyumlar, jumladan ekologik maishiy kimyoviy vositalari xam mavjud.

Original Unverpackt — o'z yo'nalishidagi yagona do'kon emas. Bu kabi do'konlar Shimoliy Amerika va Evropada xam mavjud. Ular Sharqiy Evropada xam mashxurlikka erishmoqda.

Muddati o'tgan maxsulotlarni elektr energiyasiga aylantiradigan do'konlar

Buyuk Britaniyaning Uest-Midlends shaxrida Sainsbury’s tarmog'i mashxur. Unga ishonishadi, chunki bu erda muddati o'tib borayotgan maxsulotlarni sotishning to'rt usulini topishgan.

Birinchi usul – muddati o'tib borayotgan maxsulot narhining tushirilishi. Ikkinchi usul – maxsulotlarni hayriya tashkilotlariga berish. Uchinchi usul – ulardan xayvonlar uchun ozuqa ishlab chiqish. Va to'rtinchi usul – ulardan elektr energiyasi olish.

Chiqindilarni qayta ishlash va utilizaciya qilish bilan shug'ullanadigan Biffa kompaniyasi muxandislari oziq-ovqat maxsulotlaridan elektr quvvati olishning yangi tehnologiyasini ishlab chiqishdi. Sanoat maydonchasida mahsus rezervuarlar joylashgan bo'lib, u erda muddati o'tgan oziq-ovqat maxsulotlari biogaz xolatida qayta ishlanadi. Keyin esa u elektrogeneratorga uzatiladi.

Ushbu tehnologiya sabab Sainsbury’s savdo tarmog'i 2500 ta uyni va shahsiy supermarketini elektr quvvati bilan to'liq taminlaydi.

Maxsulotlarni bepul olish mumkin bo'lgan do'kon

Stepan Vashkevich ismli belorussiyalik oddiygina yigit Chehiyaning Olomouc shaxriga o'qish maqsadida ko'chib o'tadi. Bir kuni yotoqhona yonidagi chiqindi konteynerlari yonida keyinchalik yana foydalanish mumkin bo'lgan yahshi buyumlarni ko'rib qoladi. Shunday qilib yosh yigitda bor-yo'g'i «raxmat» evaziga buyumlar harid qilish mumkin bo'lgan do'kon ochish g'oyasi paydo bo'ladi.

Olomouc shaxri universitetida yoshlar almashinuv asosida xam o'qish uchun kelishadi. Talabalar yotoqhona xududida bir muddat yashaydilar, biroq ketayotganda o'zlari bilan olib ketishni istamaydigan ko'plab buyumlarni harid qilishga ulguradilar. Va ohir-oqibat barcha keraksiz narsalar chiqindihonaga kelib tushadi. Biroq ulardan ko'pchiligining xolati yahshi va keyinchalik xam foydalanish mumkin.

Stepan Vashkevich va uning bir necha xamfikr do'stlari talabalar yotoqhonasi boshqarmasiga murojaat qilishdi. Natijada yigitlarga sobiq ustahona ajratib berildi. Unda yigitlar tamirlash ishlarini olib borishdi, tez orada u erda bepul do'kon (fri-shop) paydo bo'ldi.

Yigitlar tomonidan ochilgan do'kon sutkasiga bir necha soat, xaftasiga 3-4 kun ishlaydi. Bu erga yana foydalanish mumkin bo'lgan, biroq egasiga kerak bo'lmagan narsalarni keltirish mumkin.

Do'konga olib kelingan buyumlar darxol saralanadi. O'z vazifasini bajara olmaydiganlari egasiga qaytariladi. Undan boshqa birov foydalana olmaydi. Uning o'rni chiqindihonada.

Bazida fri-shop kun bo'yi ishlaydi. Buyumlar nafaqat sobiq ustahona zalida, balki ko'chaga xam olib chiqiladi. Bu erga yahshi musiqani tinglash va muloqot qilish uchun xam tashrif buyurishadi. Bazida yigitlar seminarlar o'tkazib, ishtirokchilarni ekodo'stona turmush tarziga rioya qilishga, sovg'alarni chiroyli va ekologik o'rash, soda xamda sovundan kir yuvish kukunini tayyorlashni o'rgatishadi.

Talabalar do'konidan nima «sotib olish» mumkin? Kiyim-kechak, kitob, maishiy buyumlar, kosmetika va aynimaydigan maxsulotlar. Tikuv mashinasi va asboblar to'plamini muayyan muddatga olish, keyin esa qaytarib berish mumkin.

Nima xam derdik, bu kabi tashabbuslar istemolga masuliyat bilan yondashishni shakllantirishda yordam beradi deb xisoblaymiz. Siz nima deb o'ylaysiz, bizda bu kabi loyixalar istiqbolli bo'ladimi?



Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 17.04.2019 / 21:24
O'qilgan: 242
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Яндекс.Метрика Statok.net