Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:

Jaxonning 2019 yildagi eng yahshi turistik yo'nalishlari malum qilindi

London, Parij va Rim jaxondagi eng yahshi turistik yo'nalishlar ro'yhatida etakchilik qilmoqda, deb habar berdi TripAdvisor.

G'oliblar turli mamlakatlardagi mexmonhonalar, restoranlar va voqealar xaqidagi 12 oy davomida bildirilgan fikr va reytinglarni o'rganishga asoslangan algoritm yordamida aniqlandi.

Birinchi o'rinni qirollik manzaralari, Bukingem saroyi va Kamden bozori bilan London egalladi. 

Ikkinchi o'rin kruassanlar, Sena, Eyfel minorasi va Notr-Dam ibodathonasi bilan nom qozongan Parijga nasib etdi.

Uchinchi o'rinni egallagan Rim ekspertlarning fikricha, tomsiz ulkan muzeyni eslatadi.

Shuningdek, yuqori beshlikka Krit va Bali orollari kiritildi.

Eng yahshi o'ntalikdan esa Tailanddagi Phuket oroli, Ispaniya Barselonasi, Turkiya Istanbuli, Marokashdagi Marokash va BAAdagi Dubay shaxarlari joy oldi.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 14.04.2019 / 15:50
O'qilgan: 214
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Яндекс.Метрика Statok.net