Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:

Go'shtsiz burger: Amerika fastfud biznesida inqilobiy davr boshlandimi?

Amerikada go'shtsiz fastfud yaratish yo'lidagi izlanishlar samarasi amalga tatbiq etildi – 1 apreldan boshlab «Burger King»ning AQShdagi 59ta tamaddihonasida tarkibida go'sht mutlaqo mavjud bo'lmagan kotletli burgerlar menyuga kiritildi. 2 aprelda esa «Nestle» to'laligicha o'simlik maxsulotlardan tarkib topgan burgerlarni Evropa va AQSh bozorlariga chiqarishini elon qildi.

Go'shtsiz burgerning ilk haridorlaridan bazilari dastlab buni 1 aprel xazili, deb o'yladilar. Chunki go'shtsiz va go'shtli burgerlarni bir-biridan ajratish juda mushkul. Ularning ko'rinishi va mazasi bir hil, yagona farqi – birinchisining ichiga mol go'shtidan tayyorlangan kotlet solingan, ikkinchisi esa yuz foiz o'simlik tarkibga ega.

Go'shtsiz burgerning afzalligi nimada?

«Burger King»ning «Impossible Whopper» nomli yangi turdagi fastfudi uchun go'shtsiz kotletlarni «Impossible Foods» kompaniyasi etkazib beradi. Ushbu kompaniya go'sht va sut maxsulotlarining o'rnini bosuvchi oziq-ovqat ishlanmalarini yaratishga ihtisoslashgan. 2011 yildan faoliyat boshlagan tashkilot go'sht va sutning xam mazasi, xam ozuqaviy hususiyatlarini o'zida saqlovchi muqobil maxsulotlar tayyorlab, do'kon va restoranlarga etkazib beradi.

«Impossible Foods» o'z faoliyati orqali chorvachilik sanoatining atrof-muxitga etkazadigan zarari ko'lamini kamaytirish, aniqrog'i global isishning oldini olishni maqsad qilgan. Qanday qilib deysizmi?

Foto: Brian Cooley/CNET

Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 14.04.2019 / 15:50
O'qilgan: 205
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Яндекс.Метрика Statok.net