Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:

Alibaba asoschisi xaftada olti kun sutkasiga 12 soatdan ishlashni yoqlab chiqdi

Alibaba Group asoschisi, milliarder Jek Ma Hitoy internet-kompaniyalari, jumladan Alibaba kompaniyasida ortig'i bilan ishlashni yoqlab chiqdi, deb habar berdi Reuters.

Biznesmen Alibaba hodimlari bilan uchrashuvda bu borada o'z fikrini bayon etdi.

“Ertalab to'qqizdan kechqurun to'qqizgacha ishlash imkoniyatini nemat deb o'ylayman. Bu dunyoda xammamiz omad, to'kis xayot va atrofdagilarning xurmatini orzu qilamiz. Ammo ayting-chi, boshqalarga nisbatan ko'p vaqt va kuch sarflamasdan bunga qanday erishishingiz mumkin?”, dedi u.

Ma Alibaba kompaniyasida ishlashni istaydiganlar kuniga 12 soatdan ishlashga tayyor bo'lishlari kerakligini qo'shib qo'ydi.

U 1999 yilda kompaniyasini tashkil etganida o'zi xam qattiq ishlaganini eslatdi. Uning so'zlariga ko'ra, uzoq davom etadigan ish kuni xayotining bir qismiga aylangan va kuniga 12 soatdan ishlashni baht deb biladi.

Hitoy IT-kompaniyalarida meyoridan ortiq ishlash muammosi aprel oyi boshida ko'tarildi. Faollar guruxi GitHub platformasida hodimlar kuniga 12 soatdan ishlayotganliklari ustidan shikoyat qilishlari mumkin bo'lgan saxifa tashkil etdi.  

Saxifa tashkil qilingan kunning ertasiga Hitoy kompaniyalari brauzerlari, jumladan Alibaba’ning UC Browser va Tencent’ning QQ Browser brauzerlari GitHub saxifalariga kirishni to'sib qo'ydi.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 14.04.2019 / 15:50
O'qilgan: 169
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Яндекс.Метрика Statok.net