Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:

Piyoz va sarimsoq ichak saratoni havfini pasaytirishi malum bo'ldi

Piyoz va sarimsoqni muntazam istemol qilish ichak saratoni havfini sezilarli darajada kamaytiradi. The Irish Times Irlandiya, Buyuk Britaniya va Hitoy onkologlari qatnashgan tadqiqotga asoslanib, shu xaqida habar berdi. 

Turli yoshdagi 1,6 ming erkak va ayol ishtirokidagi kuzatuvlar xar kuni 74 g piyoz istemol qilish ichakda saraton xujayralari rivojlanish extimolini 79 foizga kamaytirar ekan. Ko'k piyoz va sarimsoq xam huddi shunday antikancerogen hususiyatlarga ega. Ularning bari allicin - xujayralarni erkin radikallardan halos qilishga qodir biologik faol moddaga ega. Olimlar, shuningdek, ushbu sabzavotlarni termik qayta ishlash ularning terapevtik hususiyatlarini sezilarli darajada kamaytirishini aniqlashdi. 

Maxalliy onkologik jamiyat (ICS) malumotlariga ko'ra, ichak saratoni Irlandiyada teri saratonidan keyin turuvchi ikkinchi eng keng tarqalgan saraton kasalligi xisoblanadi. ICS tadqiqotchi guruxi raxbari Robert O'Konnorning so'zlariga ko'ra, ushbu kasallikning rivojlanish havfi ko'pincha noto'g'ri turmush tarzi va ovqatlanish bilan bog'liq, shu bois profilaktikaning asosiy usuli kletchatkaga boy raciondir. Uning takidlashicha, mazkur tadqiqot natijalari azaldan o'zining antibakterial va yallig'lanishga qarshi hususiyatlari bilan mashxur piyoz va sarimsoqning antikancerogen hususiyatlarini yaqqol namoyish etadi. 


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 13.04.2019 / 06:53
O'qilgan: 183
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Яндекс.Метрика Statok.net