Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:

«Facebook'dagi ikkinchi odam»: Eduardo Saverin bugun nima bilan band?

Milliarder Eduardo Saverin Mark Cukerberg bilan birga dunyoning eng faol ijtimoiy tarmog'i boshida turgan va o'tgan 15 yil ichida xanuz "Facebook'dagi ikkinchi odam" yorlig'idan qutula olmagan. Etti yil sukut saqlagan ishbilarmon o'zining ikkinchi imkonini nimada ko'rmoqda? Forbes shu xaqidagi maqolasi bilan bo'lishdi.

Eduardo Saverin Singapurdagi Land Tower biznes markazida sakkiz qavatni band qilgan ofisiga tashrif buyurgan mexmonlarni qarshi olar ekan, doim unga birinchi bo'lib beriladigan savol qaysi bo'lishini yahshi biladi. Bu, albatta, Facebook bilan bog'liq savol bo'ladi. Dunyoga mashxur ijtimoiy tarmoqning 37 yoshli xammuassisi nafaqat dunyoning eng yosh milliarderlaridan biri (Forbes uning boyligini 9,5 mlrd dollarga baxolaydi) sanaladi, balki pop-madaniyatning xaqiqiy qaxramoni xamdir. Devid Fincherning taniqli "Ijtimoiy tarmoq" filmida Facebook'ning yaratilishi xaqidagi filmda uni Xollivud yulduzi Endryu Garfild o'ynagan.

Ohirgi marta Saverin 2011 yilda, AQSh fuqaroligidan voz kechib, Singapurga ko'chib o'tganida ahborot maydonida shov-shuvlarga sabab bo'lgan edi. Ommaviy ahborot vositalari uni o'z vatanida 700 million dollar soliq to'lashdan qochganlikda gumon qilishdi, ammo ishbilarmon emigraciyaning bu versiyasini inkor qildi. U Mark Cukerbergning sobiq xamkori yorlig'idan qochdi va endi u uchun asosiysi - dunyoga yangi Eduardo Saverinni namoyon qilish. U endi "birov"ning ijtimoiy tarmog'i xammuassisi emas, jaxon investiciya bozori oliy ligasiga kirishga tayyor shahsiy "B Capital" venchur fondining asoschisidir.

"B Capital"ga u 2015 yilda sherigi Raj Ganguli bilan asos solgan. 360 million dollar xajmidagi fond (bunda Saverinning ulushi malum qilinmadi) tehnologik startaplar orasidagi obektlarni izlamoqda.

Fondning raqiblaridan ustuvor jixati - geografik tobelikning yo'qligi. "B Capital"ning 30 nafar hodimi Kaliforniya (San-Francisko va Los-Anjeles), Nyu-York va Singapurdan ishlaydi. Yana bir kuchli tomoni — Boston Consulting Group (BCG) konsalting giganti bilan eksklyuziv xamkorlik, bu Saverin va Ganguli portfelidagi kompaniyalarga ekspertiza va keng ko'lamli mijozlar bazasiga chiqish imkonini beradi. Va nixoyat, "B Capital" raxbariyatiga so'nggi vaqtlarda Apple va Box kabi korporaciyalarda ishlash tajribasiga ega bir necha menejer keldi. Bularning bari fond asoschilarining bozorning yirik o'yinchilari qatoriga qo'shilishga tayyor ekanligidan dalolat beradi.

 Singapurga maftun

2012 yilda Mark Cukerberg Facebook'ning birjaga chiqqanini nishonlaganda va NASDAQ'da savdolar boshlanganini tantanali ravishda malum qilgan vaqtda boshqa yarim shardagi Eduardo Saverinni xech kim yodga olmadi. U startapdan 2005 yilda xammuassis maqomida ketdi, maqsad - kelgusi bir necha yilda ijtimoiy tarmoqning 53 million akciyasini saqlab qolish. 2009 yilda Saverin Singapurga ko'chib o'tdi, Amerika fuqaroligidan esa 2011 yilda voz kechdi. Bu vaqt u OAVda muxokamalarda paydo bo'lib turdi — nashrlarda uning Bentley mashinasi, klublarga tashrifi va bazan bir tunda 50 ming dollarni qayd etuvchi barlardagi qirollik xisob-kitoblari muxokama markazida bo'ldi.

Yillar o'tgach ishbilarmon mutlaqo boshqa xikoyani so'zlab berdi. Saverin Braziliyaning San-Paulusida dunyoga kelgan, lekin Floridada voyaga etgan. Hususiy maktabda talim olgach, Xarvard universitetining iqtisodiyot fakultetiga o'qishga kirgan va uchinchi kursda Mark Cukerberg bilan tanishib qolgan. Saverin Facebook'dan keyin o'zini boshqa startaplarda sinab ko'rgan va ohir-oqibat Singapurda to'htagan. Osiyoning shaxar-davlatiga u dastlab do'stining biznesini yuritishda yordam berish uchun kelgan, biroq keyin ortga qaytmagan — ishbilarmon Singapurga bir ko'rishdayoq maftun bo'lgan, biroz vaqt o'tib singapurlik Eleyn bilan uchrasha boshlaydi va keyinchalik unga uylanadi. Juftlik aslida AQShda tanishgan — Eleyn Massachusets shtatidagi Tafts Universitetida o'qigan.

"Singapur — men kabi tehnologiyalar fanati uchun ajoyib joy. Boz ustiga bu erga sayyoraning ko'p nuqtalaridan uzog'i bilan besh soatda uchib kelish mumkin", - deydi Saverin. U avvalgidek soliq javobgarligidan qochmagani, shunchaki sevimli shaxridan qo'nim topishni istagani takidlaydi.

Bugunga kelib ishbilarmon uni dunyoga tanitgan kompaniya xaqida yomon gapirmaydi, aksincha, o'tmishi bilan fahrlanishini aytadi. Saverin deyarli 2 foizlik paketi bilan kapitalizaciyasi 500 milliard dollarga yaqinlashayotgan kompaniyaning eng yirik hususiy akciyadorlaridan biri bo'lib qolmoqda. Biroz avvalgi intervyularida u xatto Cukerbergning strategiyasini maqtagan: "U misli ko'rilmagan ko'lam va qiymatdagi biznesni yo'lga qo'ydi xamda uning yanada rivojlanishi uchun qo'lidan kelganicha xarakat qilmoqda".

Facebook xammuassisi xatto sobiq sherigiga o'z o'g'lining tehnologik tarbiyasini ishonib topshirishga tayyor. Forbes jurnali muhbiri undan o'g'li Facebook'dan foydalanish yo foydalanmasligi xaqida so'raganida, ishbilarmon shunday javob bergan: "O'ylashimcha, u xozircha ro'yhatdan o'tish uchun xaddan tashqari kichik, lekin voyaga etgach, extimol, unga buning foydasi tegar".

Xarvarddan boshlangan do'stlik

Saverin uni milliarder qilgan Facebook IPO'sidan bir necha yil o'tib venchur investiciyalar bilan shug'ullana boshladi: "B Capital"ga 2015 yilda asos solingan. Raj Ganguli operativ boshqaruv masalalarini o'z zimmasiga oldi, uning nomdor sherigi esa saloxiyatli investiciyalar obektlaridan tushgan arizalarni nazorat qiladi va fondning Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari xamda Xindistondagi strategiyasini boshqaradi. "Odamlar bu erga kelgach, rok yulduzini kutishadi, u esa shunchaki stol atrofida o'tirib, ular bilan muvaffaqiyat imkoni xaqida suxbatlashadi", - deydi Ganguli.

U Saverin bilan Xarvarddan, universitet qoshidagi biznes-maktabda o'qib yurgan paytlaridan beri do'stlashadi, 2012 yildan esa Singapurda qo'shma loyixalarni yuritadi. Ularning 80 million dollarlik ilk Velos Partners fondi asosan istemolchi bozoriga yo'naltirilgan edi. 2015 yilda esa "B Capital" koncepciyasi yaratildi.

"B Capital" portfeliga qarasangiz — bu esa 20 ga yaqin investiciya, fondning yo'nalishini tushunish oson. Saverin va Ganguli Evropa, Xindiston va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridagi savdo-sotiq va logistika soxalaridagi kompaniyalarni maqul ko'rishadi. Ularning vazifasi — Kremniy vodiysi gigantlari etiboriga tushmagan loyixalarni topish. Shuningdek, ular maxalliy bozorlar specifikasini yahshi bilishadi.

"Hatolar doim bo'ladi, ulardan darxol to'g'ri hulosa chiqarishni o'rganing. Zarurat tug'ilsa, uzr so'rang va imkon qadar boshqa bunday hatoni takrorlamaslikka xarakat qiling", - deydi investor yosh ishbilarmonlar avlodiga.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 13.04.2019 / 06:53
O'qilgan: 170
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Яндекс.Метрика Statok.net