Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:

Go'zal Avstraliya va u xaqidagi qiziqarli faktlar

Avstraliya sayyoramizni lol qoldirishda davom etmoqda. Dunyoning qolgan qismidan ajralgandek ko'rinadigan qita sirli pushtirang ko'li, flora va faunaning eng zaxarli turlari, shuningdek, boshqa ajoyibotlari bilan maqtana oladi. Bu mamlakat xaqida nimalarni bilamiz?

G'aroyib plyajlar

Bu erda qariyb 11 mingta plyaj borligini bilarmidingiz? Aniqroq aytadigan bo'lsak, 10 685 ta. Yana 800 tasi orollarda joylashgan. Agar xar kuni yangi plyajga borilsa, buning uchun 30 yil kerak bo'ladi. Axolining katta qismi aynan qirg'oq bo'yida yashaydi. Ahir, bu erda dam olish uchun xam, sport bilan faol shug'ullanish uchun xam plyajlarni topish mumkin-da!

Simsiz internet

Biz uchun odatiy tus olgan simsiz internet aynan Avstraliyada paydo bo'lganini bilasizmi? U erda sakrovchi chastotalar uslubi 1940 yildayoq kashf etilgan. Ana undan keyin tehnologiya zamonaviy ko'rinishga olib kelindi.

Foto: Wikipedia

Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 12.04.2019 / 01:22
O'qilgan: 205
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Яндекс.Метрика Statok.net