Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:

Olimlar qaynoq choy juda havfli ekanini aniqlashdi

Halqaro ilmiy guruxning aniqlashicha, qaynoq choy istemol qilish qizilo'ngach saratoni paydo bo'lishi va rivojlanishi yuqori havfi bilan bog'liqdir. Olimlarning hulosasi EurekAlert! portali tomonidan keltirilgan.

Qayd etilishicha, olimlar 40 yoshdan 75 yoshgacha bo'lgan 50 mingdan ortiq kishining ovqatlanish odatlarini o'rganib chiqishgan, o'rtacha kuzatish davri o'n yilni tashkil etdi. Halqaro guruxdan malum qilishlaricha, tadqiqotda qatnashgan 317 nafar ishtirokchida qizilo'ngach saratoni qayd etilgan.

Olimlarning hulosasiga ko'ra, 60 daraja issiqdan ortiq xaroratda 700 ml.dan ortiq choyni xar kuni istemol qilish bu kasallik rivojlanish havfini 90 foizga oshiradi. Qizilo'ngach saratoni rivojlanishining oldini olish uchun olimlar qaynoq ichimlik sovishini kutish xaqida tavsiya berishdi.

Bundan oldin, ommabop maxsulotlarning jiddiy havfi isbotlangandi.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 09.04.2019 / 13:59
O'qilgan: 238
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Яндекс.Метрика Statok.net