Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:

Millioner bo'la olishingizning 5 alomati 

Agar siz qachonlardir millioner bo'lishni hoxlasangiz (kim xam hoxlamaydi deysiz?), xozir ayni vaqti. Spectrem Group o'tkazgan ijtimoiy so'rov natijasiga ko'ra, xozirda AQShda millionerlar soni eng ko'p darajada. Yaqinda Bloomberg agentligi elon qilgan dunyoning dollar milliarderlari Top-500 reytingiga Rossiyaning xam 27 nafar fuqarosi kiritildi. Garchi xech kim milliondan voz kechishni istamasa-da, ko'pchilik uni ishlab topa oladi. Biroq faqatgina dunyoning eng bosh kishilarida uchraydigan ayrim hususiyatlar xam borligini unutmaslik kerak. Agar siz ushbu hususiyatlardan biriga ega bo'lsangiz, extimol siz kelgusida millionerlardan biri bo'la olasiz. 

1. Sizda xar doim tadbirkorlik g'oyasi bo'lgan

Economist nashrining yozishicha, dunyodagi millionerlaridan yarmiga yaqini o'z boyligini shahsiy biznesi orqali to'plagan. Boylarning aksariyati o'z ishini yoshligidanoq yo'lga qo'ygan. Mark Kyuban ishga joylasholmagan va 12 yoshida chiqindi qopchalarini qo'shnilariga sotish bilan shug'ullangan. Uorren Baffett xam shunga o'hshash faoliyat bilan shug'ullangan. U 6 yoshidayoq do'stlariga saqich sotgan. Richard Brenson 11 yoshida to'tiqushlarni ko'paytirib, sotishni kasb qilgan. Bu tajriba va mexnat odobi ko'plab bolalar va o'smirlar katta bo'lgach, ko'p milliardli kompaniyalarni ishga tushirishiga olib keladi.
 
2. Sizning bir nechta daromad olish manbaingiz bor

Xar kim xam millionlab daromad keltiruvchi kompaniyaga asos solishni hoxlaydi, biroq barcha bunga erisha olmaydi. Yahshisi, bir nechta kichik manbani topish kerakki, ulardan keladigan daromad millionni tashkil etsin. Tomas K. Korli o'zlarining birinchi million dollarini ishlagan insonlarning xayotini 5 yil mobaynida o'rgandi. Uning aniqlashicha, ularning aksriyati bir nechta daromad manbaiga ega bo'lgan. Jumladan, 65 foizga yaqini 3 ta turli daromad manbaiga ega bo'lgan bo'lsa, 45 foizida 4 ta, 29 foizida 5 va undan ortiq manba bo'lgan. «Daromadning 3ta manbasi millionerning sexrli self-made formulasi. Ammo, daromadlar manbaini qanchalik ko'paytirishning uddasidan chiqsangiz, sizning moliyaviy axvolingiz shunchalik mustaxkam bo'ladi». 

3. Siz doim o'rganishdasiz

Yozuvchi va millioner Stiv Sibold 30 yildan ko'proq vaqt davomida dunyoning ayrim badavlat kishilar bilan suxbatlashdi. Uning aniqlashicha, ularning aksariyati kitob mutolaasini yahshi ko'rishadi. Siboldning aniqlik kiritishicha: «O'rta toifa romanlar, tabloidlar va ko'ngilochar jurnallar o'qiydi. Boy odamning uyiga kirsangiz, uni muvaffaqiyatga etaklagan ulkan kutubhonaga ko'zingiz tushadi». Taniqli milliarderlarning aksariyati, xar xolda bu nuqtai-nazarni tasdiqlashadi. Bill Geyts, masalan, yiliga 50 tacha kitob o'qiydi. Uorren Baffett ish kunining 80 foizga yaqinini kitob mutolaasiga sarflaydi. Ilon Maskdan raketa yasashni qanday o'rganib olganini so'rashganida: «Men kitob o'qiyman», deb javob bergan. 

4. Birinchi galda o'zingizga xaq to'laysiz

Biz ko'p xollarda o'zimizga pul yig'ishni axd qilamiz, ammo keyinroq, bu ishni keyinroqqa suramiz. Ammo o'sha «keyin» xech qachon kelmaydi. Shu boisdan xam ko'plab millionerlar jamg'arma va investiciyalarni to'lash shart bo'lgan to'lovlarga tenglashtirishadi. Moliyani rejalashtirish bo'yicha mutahassis Nensi Batler shunday deydi: «Aksariyat insonlar pullarini sarflashadi, o'z to'lovlarini to'lashadi va qolganidan pul jamg'arishadi. Aslida, buning aksini qilish zarur: dastlab pulni jamg'armaga ajratish, so'ngra xisoblarni to'lash, keyin qolganini qanday sarflashni o'ylash kerak». Ko'plab moliyaviy ekspertlar 50/30/20 formulasidan foydalanishni tavsiya etishadi: Daromadingizning 50 foizi extiyojlarga sarflanadi (kreditlar, to'lovlar, taom va b), 30 foizi istemolga, masalan kiyim-kechakka, qolgan 20 foizi jamg'arishga. 

5. Siz kamtarona xayot kechirasiz

Malumki, Uorren Baffett 1958 yildan beri Nebraska shtatidagi Omaha shaxridagi uyida istiqomat qiladi. 70 mlrd dollar boylikka ega Mark Cukerberg oddiy Volkswagen xaydaydi.

Ko'ngilhushlikni ortga surish — bu ko'plab millionerlarga hos bo'lgan jixatdir. Ular ishlab topgan pullarini sarflash istagini nazorat qila olishadi. Aksariyat odamlarda bu xaqiqiy muammodir. Ammo, ko'ngilni cho'ktirmang. Siz xam haridlarga bo'lgan istakni nazorat qilishni o'rganishingiz mumkin. Shahsiy moliyaviy boshqaruv xaqida yozadigan bloger Lans Kotern so'zlariga ko'ra, o'zini-o'zi nazorat qilishning bir nechta strategiyasi bor. Siz maqsadlaringizni yozib qo'yib, haridni boshlashdan avval bir xafta kutasiz, o'zingizdan katta bilan ular yo'l qo'ygan hatoni takrorlamaslik uchun maslaxatlashasiz. Millioner bo'lish ko'pchilikka erishib bo'lmasdek tuyuladi. Ammo, fikrlashni to'g'ri tashkil etsangiz, bunga erishish qiyin emas. Yuqoridagilarning ayrimlari sizda bor bo'lsa, demak siz xam kelajakda millioner bo'lishingiz mumkin. 


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 09.04.2019 / 13:59
O'qilgan: 254
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Яндекс.Метрика Statok.net