Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:

Kulgi bir qator dori-darmonlarning o'rnini bosishga qodir

Shifokorlarning qayd qilishicha, agar sog'lig'ingizni asrashni istasangiz, ko'proq kuling. Jumladan, kulgi immunitetni oshirish va qondagi shakar miqdorini kamaytirishga imkon beradi.

Rossiyalik shifokor-mutahassis Andrey Tyajelnikovning izox berishicha, kulgining inson organizmiga ijobiy tasir qilishi ancha oldin isbotlangan. Misol uchun, tadqiqotlardan birida bir hil ovqatlanuvchi qand kasaliga ega bemorlarda qondagi shakar miqdori komedik filmlar tomosha qilgandan keyin pasaygan. Shuningdek, kulgi og'riqni qoldiruvchi vosita sifatida tasir qiladi. 

Shu xam malumki, kulgi respirator kasalliklar vaqtida ijobiy samara beradi. Kulish vaqtida nafas olish uzunroq, nafas chiqarish esa qisqaroq, biroq jadalroq bo'ladi. Bu esa o'ziga hos nafas gimnastikasi xisoblanadi. Shuningdek, kulgi yurak urishi chastotasini kamaytiradi, tomirlarni kengaytiradi (gipertoniklar uchun foydali), immunoglobulin ishlab chiqilishini oshiradi, bu esa immunitetga ijobiy tasir ko'rsatadi.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 06.04.2019 / 00:57
O'qilgan: 205
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Яндекс.Метрика Statok.net