Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:

Nima uchun erkaklar ayollarga nisbatan kamroq umr ko'radi?

Erkaklarning ayollarga nisbatan kamroq umr ko'rishining asosiy sababi - ularning o'z salomatligiga befarq munosabatda bo'lishida. Jaxon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning nima uchun ayollar erkaklardan uzoqroq yashashiga oid xisobotida shunday bayonot beriladi.

"Farq - sog'liqni saqlashga bo'lgan munosabatda. Erkaklar va ayollar bir hil kasallikka chalinganda, erkaklar ayollarga nisbatan kamroq shifokorga murojaat qiladi. Masalan, OIV epidemiyasi bo'lgan mamlakatlarda erkaklar OIVga test topshirish extimoli juda kam, shuningdek, antiretrovirus terapiyadan o'tish xam ularga malol keladi va shu tariqa, erkaklar ayollarga nisbatan ko'proq OITS bilan bog'liq kasalliklardan vafot etadi", - deyiladi xisobotda.

JSSTda takidlanishicha, Er yuzida eng keng tarqalgan 40 kasallikdan 33 tasi ayollarga qaraganda ko'proq erkaklarning xayot davomiyligiga salbiy tasir ko'rsatar ekan.

Bundan tashqari, erkaklar ayollarga nisbatan ko'proq o'z joniga qasd qilishi malum qilingan: o'z joniga qasd qilgan erkaklar ulushi ayollarga nisbatan 75 foizga ko'p. Yo'llardagi o'lim xolati bo'yicha xam erkaklar ko'rsatkichi ayollarnikidan ikki karra ustun, qotillik natijasidagi o'lim xolatlari bo'yicha esa to'rt baravar yuqori.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 06.04.2019 / 00:57
O'qilgan: 205
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Яндекс.Метрика Statok.net