Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:

Shokolad ishqibozlarining orzusi amalga oshdi – Franciyada shokoladli uy qurildi

Franciyada shokoladni yoqtiradigan barcha insonlar uchun g'aroyib taklif bor – xaykaltarosh Jan Lyuk-Dekluzo tomonidan yaratilgan shokoladli uy.

Ushbu qandolatli sanat asarini yaratish uchun shokoladdan ko'p miqdorda foydalanishgan. Barcha mexmonlar va Franciya axolisi nafaqat bu uyni tomosha qilishlari, balki unda tunni xam o'tkazishlari mumkin. Bu erda yolg'izlikda va bir necha do'stlar bilan dam olish mumkin.

Shokoladli uy nafaqat chiroyli ko'rinadi, balki yoqimli ifor xam taratadi. Uychaning ichida qanday yoqimli xidni tuyish mumkinligini tasavvur qiling-a.

Mana bu rakovinali javoncha shokoladning bir necha turlaridan tayyorlangan. Rakovina esa oq shokoladdan qilinganini sezgan bo'lsangiz kerak.

Uyning ichida do'stona kechani yoqimli davrada o'tkazish uchun barcha zaruriy narsalar muxayyo. Agar shokoladli uyda tunashni reja qilmagan bo'lsangiz, uning atrofidagi xududda sayr qilish imkoniyati mavjud.

Uyning yonida kichik ko'lmak bo'lib, u erda shokoladli o'rdaklar suzib yuradi.

Siz ana shunday uyda tunashni istarmidingiz?


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 29.03.2019 / 20:14
O'qilgan: 213
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Яндекс.Метрика Statok.net