Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:

30 yil avval ushbu etti megapolisni tanimagan bo'lardingiz

Sayyoramizdagi ko'plab shaxarlar so'nggi 30 yil ichida nafaqat «katta bo'lishdi» yoki «yosharishdi», balki tanib bo'lmas darajada o'zgarib, yangi qiyofaga ega bo'lishdi. Siyosiy rejimning o'zgarishi, iqtisodiyot, turizm, urbanizaciyaning jadal rivojlanishi, bularning bari Dubay, Xonkong, Singapur va boshqa megapolislar batamom boshqacha ko'rinishga ega bo'lishiga olib keldi.

Mazkur shaxarlarni rivojlanish o'zgartirguniga qadar qanday ko'rinishda bo'lganini yodga olamiz.

Dubay

Dubay urbanistik taraqqiyotning jadal suratini aks ettiradi. U saxroda o'sib, so'nggi o'n yillar ichida o'zgacha qiyofaga kirdi. BAAning yirik shaxri bir necha dunyo rekordlariga ega. Masalan, bu erda dunyodagi eng baland bino (Burj Halifa, 828 m), eng katta suniy arhipelag – Palma orollari, yirik savdo markazi Dubai Mall joylashgan.

Dubay infratuzilmasi dunyodagi eng qulaylaridan xisoblanadi. Shaxar axolisi xar yili tobora o'sib bormoqda, xozirda 2,5 million kishini tashkil qiladi. Sayyoxlar oqimi xam ortmoqda.

Dubaydagi o'zgarishlar yangi arhitektura sababli yaqqol namoyon bo'ladi.

Sayyoxlar Dubayni plyajlari, havfsizligi, hilma-hil oshhonasi, shoping, shuningdek tog' chang'isi sabab yahshi ko'rishadi. Skay Dubay – Yaqin Sharqda qurilgan tom ostidagi tog' chang'isi dam olish maskanidir.

Shanhay

Zamonaviy Hitoy shaxarlari juda tez yangilanmoqda. Shanhay – axoli soni bo'yicha yirik shaxar, unda 26 milliondan ortiq kishi yashaydi.

So'nggi 30 yil ichida u tanib bo'lmas darajada o'zgardi. Shaxar iqtisodiyot, arhitektura va turizm soxalarida rivojlana boshladi.

Bugun urbanistik rivojlanish asosan turar-joy majmualari doirasida yashil xududlar va bog'larni yaratishga yo'naltirilgan.

Shuningdek, bu erda Hitoydagi eng baland va balandligi bo'yicha dunyoda ikkinchi o'rindagi bino – Shanhay minorasi joylashgan.

Singapur

Janubi-sharqiy Osiyo orollaridagi shaxar-davlat 1965 yilda Malayziyadan mustaqil bo'lgan. O'sha vaqtda Singapur kichik qashshoq mamlakat bo'lib, xatto toza suv va qurilish materiali qumni xam import qilishiga to'g'ri kelgan.

Xukumat Singapurni Janubi-sharqiy Osiyodagi moliyaviy va savdo markaziga aylantirishni maqsad qildi. XX asrning ohiriga kelib siyosatchilarning say-xarakatlari tufayli ulardan biriga aylandi. So'nggi malumotlarga ko'ra, shaxar-davlatda xozir olti millionga yaqin kishi yashaydi.

Singapur sayyoxlarni toza ekologiyasi, madaniy va tarihiy merosni saqlash dasturlari bilan o'ziga jalb etadi. Jinoyatchilik darajasi – dunyodagi eng past ko'rsatkichlardan biri.

Xonkong

Xonkong — HHRning mahsus mamuriy rayoni. Osiyo va butun dunyoning ilg'or moliyaviy markazlaridan biri. Czyulun yarim oroli, shuningdek 260 dan ortiq orolda joylashgan.

Hitoyning bu rayoni o'zining valyutasi – xonkong dollari va ingliz xuquqi normalariga asoslangan shahsiy ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud tizimiga ega. Xonkong 1842 yildan boshlab Britaniya mustamlakasi bo'lgan. 1997 yildagina Hitoy bu xudud ustidan suverenitetni qo'lga kiritdi. Rasmiy tillar – hitoy tilining kantoncha laxjasi va ingliz tili.

Xozirda Xonkongda 7,5 millionga yaqin kishi yashaydi. U dunyodagi axolisi eng zich joylashgan shaxar. Shuningdek u o'zining oltin va valyuta bozori, savdo, sanoat va kinosanoati bilan dong qozongan. Bundan tashqari, Hitoyning bu rayonida kattaligi bo'yicha dunyoda uchinchi o'rinda bo'lgan port joylashgan.

Nayrobi

Keniya poytahti, Sharqiy Afrikadagi eng katta shaxar, ekvator yaqinida joylashgan. Nayrobi axolisi uch milliondan ortiq.

Shaxarda ko'plab halqaro kompaniya va tashkilotlar, jumladan BMTning ayrim organlari joylashgan. Shu bilan birga, Keniya poytahti – dunyoning eng havfli shaxarlaridan biri. Bu erda qurolli talonchilik va mashinalarni olib qochish darajasi yuqori.  Sayyoxlarga qimmatli buyumlarni ko'rinarli joyda saqlamaslik, kechki payt shaxarning markaziy qismi bo'ylab yurmaslikni maslaxat berishadi.

Biroq ayrim diqqatga sazovor joylar shaxarga sayyoxlarni jalb qiladi. Birinchi navbatda bu Nayrobi Milliy bog'i. Bu qo'riqhonada 400 dan ortiq xayvon va qushlar, jumladan, sher va jirafalar yashaydi.

Fortaleza

Bu Braziliyaning yirik shaxarlaridan biri, Seara shtatining poytahti. Shaxar Atlantika qirg'og'ida joylashgan. XX asrda Fortaleza qishloq axolisi ko'chib kelgani sabab tezda kengaya boshladi. 70-yillarning ohiriga kelib shaxar yirik sanoat aglomeraciyasining markaziga aylandi.

Xozir Fortalezada 2,5 milliondan ortiq kishi yashaydi. Shaxar iqtisodiyotining asosini savdo, hizmat ko'rsatish va turizm soxasi tashkil qiladi. U Braziliyadagi asosiy sayyoxlik yo'nalishlaridan biri. Mexmonlarni tungi xayot, okean plyajlari, shoping, ko'rgazma va konferenciyalar o'ziga jalb etadi.

1994 yilda chiqqan «Tropikanka» seriali voqealari asosan Fortalezada bo'lib o'tadi.

Shenchjen

Shenchjen Janubiy Hitoy dengizining qirg'oqlaridagi Guandun provinciyasida joylashgan. 30 yil ilgari bu erda baliqchilar qishloqlari bo'lgan. Xozir esa u Hitoyning sanoat, moliya va transport markazi. Shenchjen axolisi barqaror o'sib bormoqda va xozirda 12 milliondan ortiq kishini tashkil qiladi.

Bugungi kunda shaxar – mamlakatda eksport xajmi bo'yicha eng yiriklaridan. Megapolis yangi tehnologiya va biznesni yuritish madaniyati maydoniga aylanib, investiciyalarni jalb etmoqda.

Shenchjen sayyoxlar orasida o'zining baland arhitekturasi, mavzuli bog'lari bilan mashxur. 2008 yilda YuNESKO uni «Ijodiy dizayn shaxri» deb tanladi.

Shenchjen Janubi-sharqiy Osiyoning Kremniy vodiysi mavqeini qo'lga kiritgan, u elektronika ishlab chiqarish bo'yicha dunyo markazi sanaladi. Masalan, bu erda iPhone va iPad ishlab chiqariladi.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 27.03.2019 / 03:46
O'qilgan: 327
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Яндекс.Метрика Statok.net