Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:

Ishchanlikni susaytiruvchi va oshiruvchi maxsulotlar

Sog'lom ovqatlanish klinikasi bosh shifokori, dietolog-shifokor Marina Kopitko insonning ishchanligini susaytiruvchi va oshiruvchi maxsulotlarni malum qildi. 

Dietologning takidlashicha, ishchanlikning susayishiga bug'doyning qattiq navidan tayyorlangan makaron, oq non, pishiriq, kartoshka pyuresi va paketlangan sharbatlar tasir qiladi.  

Qaxvaga xam etibor qaratish kerak: bu ichimlik dastlab odamni tetiklashtiradi, biroq keyin teskari effekt beradi. Dietolog, shuningdek, gazli va energetik ichimliklar ichishni tavsiya qilmagan.    

Ishchanlik va kayfiyatni ko'tarish uchun yog'li baliq, baliq jigari, sariyog' va tuhum sarig'ida mavjud bo'lgan D vitaminli maxsulotlarni istemol qilish lozim. Shuningdek, yog'li baliq, yong'oq va minimal tarzda tehnologik qayta ishlangan yoki umuman ishlanmagan yormalarda, misol uchun, qattiq guruch, grechka kabilarda topish mumkin bo'lgan omega-3 kislotasi xam foydalidir.

Ishchanlikni banan xam ko'tarishi mumkin, unda tabiiy shakar bor. Uning tarkibiga quvonch gormoniga o'hshash triptofan moddasi kiradi, biroq qand kasaliga ega yoki bu kasallikka moyil odamlar banan istemol qilmasliklari kerak. Ishchanlikni oshirish uchun yashil smuzi (olma, ismaloq va kashnich) xam foydali xisoblanadi. Qora, ko'k yoki turli giyoxlardan tayyorlangan choy xam tetiklashishda yordam beradi.

Dietolog shirinliklarni hush ko'ruvchilarga tortlarni kamroq agressiv bo'lgan maxsulotlarga almashtirishni tavsiya qilgan. Bu maqsadda kakao miqdori 75 foizdan kam bo'lmagan shokolad, marmelad yoki pastila istemol qilish to'g'ri keladi.  


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 27.03.2019 / 03:46
O'qilgan: 214
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Яндекс.Метрика Statok.net