Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:

Bugungi kunda harid qilish mumkin bo'lgan 10ta eng chiroyli avtomobil

Avtomobil — bu A nuqtadan B nuqtaga etib borish, xarakatlanish vositasi. Bazan, albatta, ular o'ziga hos sanat asari darajasiga chiqqan bo'ladi. Business Insider zamonamizning eng yahshi ishlab chiqaruvchilari tomonidan taqdim etilgan 10ta eng chiroyli avtomobil ro'yhatini taqdim etdi.

10. Mazda MX-5: ‎25 790 AQSh dollari. O'tgan chorak asr mobaynida Mazda MX-5 Miata barcha davrlarning eng ko'p sotilgan sport mashinasi bo'lgan edi.

Shunga qaramay, uning avvalgi modellari unchalik o'z uslubi bilan ajralib turmas edi. To'rtinchi avlod MX-5 esa — umuman boshqa avtomobildir. Bugun uning tashqi ko'rinishi ajoyib: unda, sport, nafislik va chiziqlar uyg'unligi mujassamlashgan.

 

9. Jaguar F-PACE: 42 985 dollar. Yo'ltanlamaslar doim xam dunyoning eng chiroyli avtomobillari reytinggiga kiritilavermaydi. Ammo, Jaguar F-PACE xaqida bunday deb bo'lmaydi.

Jaguar kompaniyasining dizayn bo'yicha direktori ser Yan Kallum ushbu mashinalarga hos bo'lgan jixatlarni yo'ltanlamasga o'ziga hos ustalik bilan ko'chira oldi.

 

8. Alfa Romeo Giulia: 38 990 dollar. Alfa Romeo, tabir joiz bo'lsa, xech qachon “ko'pni ichida yo'qolib qolmaydi”. Hususan, yangi Giulia sedani borasida xam bemalol shu fikrni bildirish mumkin.

Unga bir qarashda kishini o'ziga rom qiluvchi narsa uning uchburchak radiator faqasidir. Ikkita juft tutun quvurlari va keng diffuzor yanada ko'rkamlik bahsh etgan.

 

7. Lexus LC 500: 92 975 dollar. Lexus’ning noodatiy radiator qafasi ko'plab tortishuvlarga sabab bo'lgan. Shunga qaramay, yangi lyuks toifasidagi kupeda u umuman boshqacha, ajoyib ko'rinadi.

Avtomobilning umumiy ko'rinishi nafislik va agressivlikni birlashtirgandek taassurot uyg'otadi.

 

6. Ferrari LaFerrari Aperta: narhi nomalum. Ko'pchilik Ferrari jozibasidan lol qoladi. Chunki, u ahir Ferrari. Ammo, tan olish kerak, kompaniya dizaynerlari so'nggi 15 yil mobaynida bir necha bor hatoga yo'l qo'yishdi. Lekin, bu gap LaFerrari Aperta borasida emas.

U nimasi bilandir fazo kemasini eslatsa, boshqa jixati bilan Maranelloda ishlab chiqarilgan klassik superkar ekanini bildirib turadi.

 

5. Lamborghini Huracán: ‎203 295 dollar. Tanqidchilar Lamborghini Huracán juda oddiy ko'rinadi, degan fikrni ilgari surishadi. Xaqiqatdan xam uning tashqi ko'rinishi xatto Aventador oldida xam unchalik ajoyib emas. Biroq, superkar bir qarashda juda xam zamonaviy ko'rinadi.

Huracán dizaynida xam boshqa Lamborghini modellaridagi kabi buqaning o'jarligi ko'zga tashlanadi.

 

4. Aston Martin DB11: ‎214 820 dollar. Qachonlardir, Aston Martin motori o't oldirilganida ekranida «Kuch, go'zallik va moxiyat» so'zlari aks etar edi. DB11’da bu so'zlar yo'q. U tashqi ko'rinishidan shu so'zlarni ifodalab turgan tassurot uyg'otadi.

DB11 tashqi ko'rinishi ustida Marek Rayhman ishlagan. Aynan DB11 DB7’dan tubdan farq qiladi.

 

Endi etiboringizga Top-3likni xavola qilamiz.

3. Pagani Huayra: 1 070 500 dollar. Huayra — Italiyaning Pagani Automobili kompaniyasining ikkinchi superkari bo'lib, Zonda avtomobilining o'rnini egalladi.

Kompaniya asoschisi Goracio Paganini avtomobillar dunyosining Stiv Jobsi eyish mumkin. Ishonchingiz komil bo'laversin, uning mashinalarida birorta xam mayda detal etiborsiz qolmayd. Dizayndan aerodinamikagacha, barchasi aloxida etibor bilan ishlab chiqiladi.

Natijada raketaga o'hshab ketadigan giperkar paydo bo'ldi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 370 kilometrni tashkil etadi.

 

2. Ford GT: 453 750 dollar. Ford GT xaqiqiy amerikacha superkar. Xa, unga o'hshab bir qarashda avtomuhlislarning ko'zini quvontiradigan mashinalar juda kam topiladi.

Bu superkar — poyga aerodinamikasi va jozibadorlikni o'zida mujassamlashtirgan.

GT dizayni Yan Kallumning kichik ukasi Morey Kallumga tegishli ekanini qayd etish o'rinli

 

1. Jaguar F-Type: 62 395 dollar. Ser Yan Kallum kunlarning birida “xaqiqiy Jaguar bir vaqtning o'zida chiroyli va oddiy bo'lishi kerak”, - degan edi.

F-Type — aynan ushbu g'oyaning amaldagi aksidir.

Superkar ilk marotaba 2014 yilda paydo bo'ldi, ammo xamon dunyoning eng chiroyli avtomobillaridan biri bo'lib qolmoqda.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 03.06.2017 / 23:31
O'qilgan: 845
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Яндекс.Метрика Statok.net