Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)

Xamkasblar bilan til topishish, bolani tinchlantirish va ozishga yordam beruvchi 9 xarakat

Malum bir xarakatlar turli xayotiy vaziyatlarda juda katta yordam berishi mumkin, bular orqali siz kishini o'zingizga yaqinlashtirishingiz, yanada ishonchli poziciyaga ega bo'lishingiz mumkin.

O'zingizni ishonchliroq xis etishingiz uchun

Agarda masuliyatli tadbir yoki suxbatda ishtirok etishingiz kerak bo'lsa, bir necha daqiqa gavdangizni o'zingizga ishonch bag'ishlaydigan xolatda tuting. Masalan, qo'llaringizni boshingiz uzra V xarfi ko'rinishida ko'taring yoki yonboshingizga bosing. Bu xolatlardan birida ikkita daqiqa turishning o'zi etadi.

Ijodkor bo'lish uchun

Yangi nimanidir o'ylab topmoqchi yoki muammoga boshqacha nigox bilan qaramoqchi bo'lsangiz, ovoz chiqarib o'ylang xamda parallel ravishda xar ikki qo'lingizni xarakatga keltiring. Singapurlik olimlarning aniqlashicha, xar ikki qo'lning xarakatga keltirilishi ijodiy vazifalarni yahshi uddalashda yordam berar ekan.

Insonga noqulay ekanini tushunish uchun

Yaqinlaringizning imo-ishoralariga etibor bering. Bu ular o'zlarini qanday xis etayotganlarini tushunishda yordam ko'rsatadi. Agarda inson bilaklarini doim ushlab turib, huddi soatlarini to'g'irlayotgandek bo'lsa, bilingki, u nimadandir tashvishda yoki o'zini noqulay xis etmoqda.

Bolani tinchlantirish uchun

Agarda yig'layotgan bolani tinchlantira olmasangiz, qanday gapirayotganingizga etibor qarating. Bir maromdagi sokin nutq tinchlantiruvchi effekt beradi, baland va tez gapirish esa bolaning salbiy xissiyotlarini battar kuchaytirishi mumkin. Sekin so'zlab, bazi so'zlar orasida tanaffuslar qiling.

O'zingizga yaqinlashtirish uchun 

Yangi insonga qiziqishingiz bor ekanini ko'rsatish kerak bo'lsa va uni o'zingizga yaqinlashtirmoqchi bo'lsangiz, unga ochiq kaftli qo'lingizni uzating. Kishilar bu xarakatni ishonchning bildirilishi sifatida qabul qilishadi.

Agarda, muloqotni tezlik bilan to'htatmoqchi bo'lsangiz, qo'lingizni yashirishga urining: masalan, kaftlarni yopib qo'yib, qo'ltig'ingizga berkiting.

Xamkasblar bilan til topishish uchun

Tushlik vaqtida qandaydir baxona bilan xamkasbingizga “besh tashlashga” xarakat qilib ko'ring. Jismoniy o'zaro aloqaning juda kam vaqti xam kishilar bir-birini ongli darajada yahshi tushunishiga sabab bo'ladi.

Vaznni tashlash uchun

Xar gal sog'lom taom istemol qilishdan voz kechmaslik uchun qo'llaringiz mushaklarini xarakatga keltiring. Tadqiqotlarga ko'ra, bu sog'lom tanlovni amalga oshirish imkoniyatini yanada kuchaytiradi.

Ishonchliroq bo'lish uchun

Boshqa insonni o'zingiz aytayotgan narsaga ishontirish uchun past ovoz bilan gapirishga urinib ko'ring. Nutqning baland tovushi xayajondan darak beradi, pasti esa atrofdagilarni tinchlantiradi xamda ularning sizga bo'lgan ishonchini oshiradi.

Uzr so'rash uchun

Kimningdir oldida uzr so'rash chog'ida iyakni to'g'ri ushlang. Bunday vaziyatlarda yuqori ko'tarilgan iyakni ikkiyuzlamachilik sifatida qabul qilishadi, juda xam past tushgani esa – kuchsizlik belgisi.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 07.08.2017 / 10:27
O'qilgan: 937
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Яндекс.Метрика