Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)

Omma oldida chiqish qilishga doir 8 afsona

Omma oldida chiqish qilish va tadbirlar o'tkazishga doir ko'p maslaxatlar bazan foydadan ko'ra ko'proq ziyon keltirishi mumkin. Ular xaqida bilib oling va xech qachon bunday hatolarga yo'l qo'ymang. "Layfhaker" Ommaviy chiqishlar instituti asoschisi, "Xayajonga qarshi sexrli tugma va muvaffaqiyatli chiqishlarning boshqa tamoyillari" kitobi muallifi Irina Barjakning bu boradagi tavsiyalari bilan bo'lishdi. 

 

1-afsona. Imo-ishoralarni qo'llang

Bu maslaxat ko'pincha yarimprofessional murabbiy va shunchaki ko'ngillilar tomonidan beriladi. Aslida chiqish vaqtida imo-ishoralar xaqida o'ylashga xojat yo'q - asosiy etiborni maqsadga qaratish muxim. Imo-ishoralar  maqsadingiz qandayligiga qarab o'z-o'zidan tug'ilaveradi. Misol uchun, qo'llarni orqaga yig'gan xolda insonlarga ilxom bahsh etib bo'lmaydi yo bo'lmasa, bukchayib olib xaq ekaningizni isbotlash qiyin.

Inson imo-ishoralar xaqida o'ylashni bas qilib, maqsadga etibor qaratishi bilan o'zaro uyg'unlashgan xarakatlar o'z-o'zidan kelib chiqaveradi.

 

2-afsona. Ko'zgu oldida mashq qiling

Maktabdagi xar ikkinchi o'qituvchi o'quvchilarga ko'zgu oldida turib mashq qilishni tavsiya qiladi. Artistlarga esa bunday qilish taqiqlanadi. Nima uchun? Siz qanday turish va qanday gapirish xaqida o'ylasangiz, nima demoqchi bo'lganingizni unutib qo'yasiz va aksincha. Ko'zgu qarshisida chiroyli ko'rinish xosil qilib, uni saxnada takrorlashga urinib, siz diqqat obektini o'zingizga ko'chirasiz va aynan shunday paytlarda maksimal xayajon paydo bo'ladi.

Nutq so'zlashni tomoshabin oldida turib mashq qilish kerak. U istagan tomoshabin bo'lishi mumkin, yahshisi esa, u ijobiy kayfiyatdagi inson bo'lgani maqul.

 

3-afsona. Matnni yod oling

Matnni quruq yodlash ish bermaydi, chunki xayajon kelgan maxal matnni darxol unutasiz. Biz matnni aqlli, chiroyli so'zlar bilan boyitib, o'ng'aysiz ko'rinishdan qo'rqamiz, keyin esa, odatiy nutqga o'tishimiz qiyin kechadi. Buning natijasida cho'ziq pauzalar ("eee", "anaqa", "nima desam ekan", "xaligi" va b.) kelib chiqadi va omma oldida noqulay vaziyatda qolasiz.

Aksariyat matnni ko'z oldiga qo'yib olib, esdan chiqqanda unga qaraydi-da, shoshilganda kerakli jumlani topa olmagach, o'zlarini undan-da battar yo'qotib qo'yishadi. Umuman olganda, matnning foydadan ko'ra zarari ko'proq.

Eng yahshi variant - o'z so'zlari bilan so'zlash, ahir siz quruq matndan ko'ra aqlliroqsiz va uni hotirjam bayon qilishingiz mumkin. Tezislarni ajratib olish, ularni yirik shriftlarda eslatma tarzida yozib olish va fikringizni o'z so'zlaringiz bilan bildirishni tavsiya qilaman.

 

4-afsona. Chiqishingiz muxrlangan videoni baxolang

O'zingiz tasvirlangan videoni ko'rish va uni baxolashga doir tavsiyani ko'p uchratish mumkin. Biroq tadbir o'tib bo'lganidan so'ng uni baxolab bo'lmaydi. Boshqa qatnashgingiz xam kelmay qoladi. Xatto professionallarda xam shunday.

Videoda eng asosiysini topa olmaysiz - tomoshabin bilan o'zaro aloqa. Bu huddi rok-koncertni videoda ko'rish kabi - drayv yo'q. Yoki spektaklni olaylik: TV orqali tomosha qilinganda nima uchun zaldagi tomoshabinlarning yig'layotgani yo kulayotganini tushunish qiyin. Shunday ekan, koncert yoki spektaklni video orqali baxolab bo'lmaydi. Biz o'zimiz u erda bo'lgan taqdirdagina uning qanday o'tganini baxolashimiz mumkin. Omma oldida nutq so'zlash xam shunday.

 

Biz tomoshabinning reakciyasisiz chiqishimizning yahshi yo yomon bo'lganini tushuna olmaymiz. Videoda ko'proq kamchilik va hatolarimiz seziladi. Tomoshabinlarning yuz va ko'z ifodalaridan esa, uni baxolash qiyin emas.

 

5-afsona. Sizga yot bo'lgan mavzularda chiqish qilmang

"Mavzu o'zingizga yoqsa-ku, mayli, agar shunchaki muayyan mavzudagi maruza bilan chiqish qilish kerak bo'lsa-chi?" - bu savolni yirik korporaciyalar menejerlari ko'p berishadi. Bunday xollarda, artistlar aytganidek, maruza mavzusini ko'zdan kechirib, uning qaysi qismi sizga yaqinroq ekanini belgilab oling va shunday qilingki, savollar aynan shu yo'nalishda bo'lsin.

Sanatkorlar orasida shunday gap bor: artist saxnadan turib nimani xis qilsa va ichki nigoxi bilan nimani ko'rsa, tomoshabin xam shuni ko'radi. Agar maruza o'zingizga yoqmasa, omma xam uni qabul qilishi qiyin bo'ladi. Shunday ekan, tomoshabin bilan aloqaga kirishish yo'lini izlang.

 

6-afsona. "Nima" "qanday"dan muximroq

Maruzadan grafik va jadvallar o'rin olgan bo'lsa, bu yahshi chiqishning belgilaridan biri xisoblanadi. Bu malumotlarning qanday taqdim etilishiga esa ko'p xam etibor qaratilmaydi.

Maruza shakli va mazmunining axamiyatiga doir baxslarga Arastu davridayoq nuqta qo'yilgan: biri ikkinchisisiz axamiyat kasb etmaydi.

Agar siz chiqish shakli borasida qayg'urmasangiz, uning mazmuni tinglovchilarga to'liq etib bormaydi. Murakkab grafiklarni engil va obrazli vizual qatorlar bilan uyg'unlashtirish muxim, shunda tinglovchi maruzani qabul qilishi osonroq bo'ladi va siz omma oldida muvaffaqiyat qozonasiz.

 

7-afsona. Pauzalar - yomon

Maruzachilarni chiqish oldidan pauza muximligiga ishontirish juda qiyin. U spikerga diqqatni jamlashga va zaldagilar etiborini qaratishga yordam beradi.

"30 soniya - bu ko'p!", - deyishadi tajribachilar. Gitler esa xar bir nutqidan oldin 1 daqiqa-yu 15 soniya pauza qilgan. U shu tariqa xammaning etiborini o'ziga qaratishning uddasidan chiqqan.

Muxim malumotdan oldin pauza qanchalik uzoq bo'lsa, u shunchalik katta axamiyatga ega, deyishadi rejissyorlar. Yahshi maruzachilar saxnada biroz o'ylab olishdan, nimanidir eslashdan va biroz jimlik saqlab, keyin gapirishdan uyalishmaydi. Bu to'htamay matnni o'qish va saxnadan qochishdan ko'ra tabiiyroq ko'rinadi. Shunday ekan, pauza olishni mashq qiling, bu juda foydali.

 

8-afsona. Sinovdan o'tgan usullarni qo'llang

Odamlar bu usul albatta ish beradi deya, bir-birlariga g'alati maslaxatlar berishadi. "Tomoshabinlarni tuvakda o'tirganini tasavvur qilishga qancha urinmay, bo'lmayapti", - deya arz qilib qoldi bir kishi. Malum bo'lishicha, kimdir unga xayajondan qutulishning shunday usulini tavsiya qilgan.

Aslini olganda xayajondan qutulishga maqsadni aniq qo'yish va etibor markazini o'zingizdan tomoshabinlarga ko'chirish yordam beradi.

Maqsad qo'ying. U istalgan, yorituvchi va emocional maqsad bo'lishi kerak. Endi esa olg'a! Xayajon fondagina qolsin.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 06.07.2017 / 16:20
O'qilgan: 836
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Яндекс.Метрика