Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)

Ramazondagi besh mukofot

Abu Xurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan xadisda Rasulullox (s.a.v.): «Ramazon oyida ummatimga oldingi ummatlarga berilmagan beshta hislat (mukofot) beriladi», deyilgan («Tanbexul g'ofilin» kitobidan).

«Baqara» surasining 183-oyatida Allox taolo bunday marxamat qiladi: «...sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga xam ro'za tutish farz qilindi».

Oyati karimadan malum bo'ladiki, oldingi ummatlarga xam ro'za farz qilingan, ammo xadisda aytilganidek, besh mukofot faqat ummati Muxammadga berildi. Zotan, Payg'ambarimiz (s.a.v.)ning darajalari ulug', ummatlariga ko'rsatilayotgan ikromlar xam shunga ko'radir.

Yuqorida keltirilgan xadis davomida Payg'ambarimiz (s.a.v.) besh mukofotni sanab o'tdilar:

1. «Ro'zadorning og'zidan kelayotgan xid Allox nazdida mushku anbar bo'yidan xam yahshiroqdir».

Ro'za tutib, och qolgan kishining og'zi xidlanishi tabiiy. Boshqalar uchun nohush tuyulgan bu xid Allox uchun sevimli. Ro'zador uchun birinchi mukofot ohiratda og'zidagi mushk kabi hush islar bilan Allox taologa ro'baro' bo'lishidir.

2. «Og'iz ochgunlaricha farishtalar ular xaqiga istig'for aytib turadilar». Yani, ro'zador Alloxga maxbub banda bo'lganidek, mahluqotga xam sevimli bo'ladi. Allox taoloning xech gunox qilmaydigan bandalari bo'lmish farishtalar ro'za tutgan kishi xaqiga duo qiladilar. Demak, ro'za tutuvchi kishining Allox xuzurida, mahluqot oldida xam qadr-qimmati yuksak – bu ikkinchi mukofot.

3. «Shaytonlar kishanlanib, ilgari qilib yurgan yomonliklarini qila olishmaydi». Bu oyda barcha shaytonlar zanjirband etiladi, boshqa paytlarda bo'lganidek, erkin xarakatlanishlariga izn berilmaydi. Yo'ldan ozdirish, vasvasa qilish, aldash kabi ishlarni xar kungidek osonlik bilan uddalasholmaydi. Ummati Muxammadga uchinchi mukofot – ibodat qilish oson bo'ladi, yahshi ish qilishni istaganlar yoqalarini shayton qo'lidan qutqarishga erishishadi.

4. «Allox taolo xar kuni jannatini bezatib, unga: «Solix bandalarimning dunyodagi mashaqqat va aziyatlari tugab, senga kirishlariga yaqin qoldi», deb aytadi». Yani, ro'zadorlar uchun to'rtinchi mukofot – jannat. Ohiratda: «Mening roziligimni ko'zlab ro'za tutgan bandalarim, kiringlar», deyilganda jannatdagi Rayyon nomli eshikdan faqat ro'za tutuvchilargina kirishadi.

5. Beshinchi, eng so'nggi mukofot, tabiiyki, muborak oyning ohirgi kunlari bilan bog'liq. «Ramazonning ohirgi kechasida esa ularning gunoxlari kechiriladi». Shunda saxobalar: «Ey Rasulullox! O'sha Qadr kechasi bo'ladimi?» deb so'rashdi. Rasulullox (s.a.v.): «Yo'q, ammo ishchining ish xaqi ishni mukammal ado qilib bo'lganidan keyin beriladi», dedilar». Demak, bu kecha xayit kunining kechasi. Allox taolo barchamizni xayit ayyomini O'z mag'firatiga erishgan xolda kutib olgan masud bandalari qatorida qilsin.

Yuqorida sanab o'tilgan mukofotlar Allox taolodan Muxammad ummatiga ko'rsatilgan ulug' exson. Ulardan bebaxra qolishdan asrasin! Payg'ambarimiz (s.a.v.) tarif etganlaridek, Allox taolo barchamizga O'zini rozi va hushnud qiladigan, qabul etiladigan darajada ro'za tutishni, ibodatlar, tarovexlarni o'z vaqtida, o'z o'rnida, odob va xuzur ila ado etishni nasib aylasin!

“Irfon” taqvimining 2011 yil, 3-sonidan olindi. / Qadriyat.uz


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 22.06.2017 / 09:02
O'qilgan: 959
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Яндекс.Метрика