Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)

Mark Cukerberg AQSh prezidentligini ko'zlayaptimi?

2017 yil boshidan Facebook raxbari Mark Cukerberg AQSh shtatlari bo'ylab sayoxat qilmoqda. U maxalliy axoli vakillari bilan muloqot qilib, birga tushlik qilmoqda, shuningdek o'z ijtimoiy tarmog'i auditoriyasi bilan yaqindan tanishmoqda.

Cukerberg uning kutilmagan sayoxatidan maqsadi faqatgina tanishuv ekanini takidlasa-da, ishbilarmonning qarashlardagi o'zgarishlar bir savolni keltirib chiqaradi: ijtimoiy tarmoq raxbari siyosiy karerani boshlashga tayyorlanyaptimi yoki Facebook'ning biroz putur etgan nufuzini tiklashga urinyaptimi? TJ shu mavzudagi maqolasi bilan bo'lishdi.

 

Prezidentlik xaqidagi mish-mishlar

Mark Cukerberg xar yili o'z oldiga katta maqsad qo'yadi:

2013 yilda u xar kuni yangi inson bilan tanishishga qaror qildi.
2014 yilda - xar kuni minnatdorchilik maktubini bitdi.
2015 yilda u shahsiy kitob klubini ochdi va bir yilda 23 kitobni o'qib chiqdi.
2016 yilda Cukerberg deyarli 590 kilometr masofaga yugurdi.
2017 yilning yanvarida esa uning vadalari boshqacha tus oldi: Facebook raxbari yil ohiriga qadar Amerikaning barcha shtatlarini aylanib chiqish rejasi xaqida malum qildi.

O'shandan buyon g'arb OAVda ishbilarmonning siyosiy rejalariga doir maqolalar paydo bo'la boshladi. The Guardian, Vanity Fair va The Atlantic nashrlarida Cukerberg AQSh prezidentligiga o'z nomzodini qo'yish xaqida o'ylayotgani va shu boisdan o'z imidji borasida qayg'urayotganiga oid nazariya ilgari surildi.

Cukerbergda ochiq diniy qarashlarning paydo bo'lishi (busiz xech bir inson xali prezident bo'lgan emas), faol hayriya faoliyati, prezidentlar kampaniyalarining sobiq menejerlari bilan xamkorlik va amaldagi xukumatga tanqidiy munosabat natijasida bu nazariya yanada mustaxkamlandi.

Bundan tashqari, Facebook raxbarining yaqinda qo'lga kiritgan nufuzli Xarvard universiteti diplomi (u 2005 yilda Xarvarddagi o'qishini tashlab ketgan) jurnalistlarni yanada sergaklantirdi. Rasman olganda oliy malumotga ega bo'lmagan inson xam AQSh prezidenti bo'lishi mumkin, biroq mamlakatning so'nggi diplomsiz prezidenti 1953 yilda o'z lavozimini tark etgan Xarri Trumen bo'lgan.

 

Janubiy Karolinadan Viskonsingacha

Mark Cukerebrgning so'zlariga ko'ra, uning AQSh bo'ylab sayoxatidan maqsadi - Facebook birlashtirgan kishilarning aslida qanday yashashini o'z ko'zlari bilan ko'rish.

Mart oyida u 2015 yilda 9 kishi o'ldirib ketilgan Janubiy Karolinadagi episkoplar cherkoviga bordi. Bir oydan keyin Cukerberg Oxayoda opiat va opioidlar istemol qiluvchi, giyoxvandlik moddalariga tobe bemorlar uchrashuvida bo'ldi (2015 yilda ularning istemoli natijasida AQShda 33 ming kishi xayotdan ko'z yumdi). U Indianadagi voyaga etmaganlar markazida bo'lib, qayta tarbiyalashning maxalliy tizimini tanqid qildi. Alabamada Cukerberg krevetka tutishga yo'naltirigan kema ekipaji bilan uchrashdi. Missisipida tarihiy qabristonda bo'ldi, Michiganda musulmonlar bilan Trampning muxojirlar xaqidagi qonunini muxokama qildi, Tehasda ruxoniylar bilan suxbatlashdi, Dallasda esa - policiya hodimlari bilan. May oyi boshida Facebook raxbari Viskonsindagi oilaviy fermaga bordi: u sigirlarni shahsan ovqatlantirib, traktor xaydab, yangi tug'ilgan mushukchalar bilan o'ynadi va uyda boqilgan qoramol go'shtidan tayyorlangan taomni tanovul qildi.

Iyun oyiga kelib, Cukerberg rejadagi 30 shtatdan 15 tasida bo'ldi.

Havfsizlik nuqtai nazaridan, Cukerbergning kelishi xaqida bir necha soat avval habar beriladi. Facebook raxbariga qo'riqchilar va suratkashlar xamroxlik qilishmoqda. The New York Times'da takidlanishicha, Cukerberg faol demokrat vakili bo'lmagan yoki jurnalistlar etiboridan chetda qolgan, Donald Trampning tarafdorlari ko'proq bo'lgan shtatlarga bormoqda.

Mashable nashri jurnalisti Luis Matsakis Cukerbergning sayoxatini tanqid ostiga oldi. Uning so'zlariga ko'ra, Facebook asoschisi muammolari o'rganib bo'lingan stereotip sayyoxlik maskanlariga tashrif buyurmoqda va mamlakatga yangicha ko'z bilan qarashga xarakat qilmayapti. Jurnalistning fikricha, Cukerberg shu yo'l bilan prezidentlik saylovlari bilan bog'liq mojarolardan keyin Facebook'ning nufuzini qayta tiklamoqchi. 

 

2016 yilgi saylovlarga aloqadorlik va xukumat tanqidi

2016 yilda Donald Trampning g'alabasidan keyin Facebook'ga ayblovlar yog'ila boshlandi. Go'yoki feyk yangiliklarning ko'pligidan saylovchilar nomzodlar to'g'risida noto'g'ri tasavvur xosil qilishgan va bu Trampning g'alabasiga tasir ko'rsatgan.

Shuningdek Google va Twitter xam yolg'on malumot tarqatganlik uchun tanqid qilindi, biroq asosiy nishon aynan Cukerbergning ijtimoiy tarmog'iga yo'naltirildi.

Facebook siyosatchilar, jumladan Barak Obama tomonidan xam qoralandi, Trampdan norozilik xissi esa amerikaliklarning ijtimoiy tarmoqqa bo'lgan munosabatini o'zgartirdi. Cukerberg dastlab ayblovlarni sohta deb atadi, keyinroq esa yolg'on malumotlarga qarshi kurashni kuchaytirishga vada berdi.

So'nggi bir necha yilda Cukerberg muntazam ravishda turli mamlakatlar raxbarlari bilan uchrashdi. 2011 yilda u AQShning o'sha paytdagi prezidenti Barak Obama bilan muloqot qildi, 2012 yilda Moskvaga borib, bosh vazir Dmitriy Medvedev bilan uchrashdi. 2014 yilda Xindiston bosh vaziri bilan Facebook'ning axamiyatini muxokama qildi. 2015 yilda Braziliya prezidenti bilan uchrashdi. 2016 yilning yozida esa, ijtimoiy tarmoqning Hitoyga qaytishi masalasini muxokama qildi, shuningdek Vatikan raxbari bilan suxbatlashdi.

2016 yilning dekabrida nimadir o'zgardi. O'shanda Donald Tramp eng yirik tehnologiya kompaniyalari vakillari bilan konferenciya o'tkazdi, Google, Tesla, Apple, Amazon va Facebook shular jumlasidandir. Uchrashuvga asosan kompaniyalar raxbarlari tashrif buyurdi, biroq Facebook nomidan Cukerbergning o'rniga direktorlar kengashi azosi Sheril Sendberg qatnashdi.

Nima uchun Facebook raxbari uchrashuvga kela olmagani borasida jurnalistlarga aniq javob berilmadi. 2017 yilning yanvarida esa Cukerberg Trampning muxojirlar xaqidagi farmonini tanqid qildi. O'sha oydayoq u kenja Jorj Bush va Barak Obamalar kampaniyalarining sobiq menejerlarini ishga yolladi. Ijtimoiy tarmoq raxbari bu qarorini turmush o'rtog'i tomonidan asos solingan Chan Zuckerberg Initiative hayriya tashkiloti faoliyati bilan izoxladi.

 

Siyosiy karera saloxiyati

Qonunga ko'ra, AQSh prezidenti kamida 35 yoshda bo'lishi kerak. 2020 yilning noyabrida, yani mamlakatda yangi prezidentlik saylovlariga start berilganida Cukerberg 36 yoshda bo'ladi. Uning xozirgi siyosiy qarashlari nomalum.

Cukerberg jurnalistlarning tahminlariga javoban 25 yanvardayoq prezident lavozimini ko'zlamasligini malum qildi. Ishbilarmonning so'zlariga ko'ra, u o'z etiborini Facebook foydalanuvchilari xamjamiyati va Chan Zuckerberg Initiative hayriya loyixasini rivojlantirishga  qaratadi.

Biroq Facebook asoschisi kelgusida qarorini o'zgartirishi mumkin. 2016 yilgi prezidentlik poygalaridan avval Xillari Klinton xam bir necha marotaba saylovlarda ishtirok etmasligini takidlagandi. Agar Cukerberg shunday taktikani qo'llasa, Vanity Fair jurnalisti Nik Bilton uning prezidentlik kampaniyasi tanqidchilarining asosiy tezisini bashorat qildi - shahsiy malumotlar havfsizligi. Mark Cukerbergning kompaniyasi 2 milliarddan ziyod kishilarning shahsiy malumotiga ega va ularning barchasidan o'z manfaatlari yo'lida foydalanishi mumkin.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 03.06.2017 / 23:31
O'qilgan: 577
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Яндекс.Метрика