Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)

Windows dasturiy taminoti funkciyalarini yahshilaydigan 7ta dastur

Mazkur bepul dasturlar Windows dasturiy taminoti ishlashini yanada tezroq va qulayroq qilishda yordam beradi. Quyida ularning hususiyatlari bilan tanishib, yuklab olishingiz xam mumkin. 

1. Classic Shell

To'rtburchak interfeys paydo bo'lganiga bir necha yil bo'lganiga qaramay, ayrimlar unga ko'nika olishmaydi. Classic Shell dasturi esa aynan shu toifadagilarga tegishlidir. U zamonaviy amaliy tizimlarni Windows 7’da bo'lgan ko'rinishga aylantiradi.

Classic Shell’ni yuklab olish

2. 7+ Taskbar Tweaker

7+ Taskbar Tweaker Vazifalar paneli funkcionalligini va uning tashqi ko'rinishini nazoratga olish imkonini beradi. Eslatmalar, oynalar eskizlari, sichqoncha tugmachalarining o'ng, chap va o'rta tugmalari bosilishi va ko'plab boshqa qulayliklar. 

7+ Taskbar Tweaker’ni yuklab olish

3. Clover

Windows standart fayl menejeri fayllar bilan ishlashni sezilarli qulaylashtiradigan ikki panelli interfeysga ega emasligi sabab ko'pdan beri tanqid qilinadi. Clover qisman shu muammoni xal etishshga qaratilgan. U o'rnatilganidan keyin «Provodnik»da bir necha papkalarni bir vaqtning ochish imkonini beruvchi vkladkalar paydo bo'ladi. 

Clover’ni yuklab olish 

4. Revo Uninstaller

Aytish joizki, kompyuter dasturiy taminotiga o'rnatilgan dasturlarni o'chirish bo'yicha tizim instrumenti xar doim xam o'z vazifasini alo bajaradi deya olmaymiz. Chunki, uning vositasida o'chirilgan dasturlarning turli qismlari qolib ketadi. Biz sizga Revo Uninstaller dasturidan foydalanishni tavsiya qilamiz. U barcha ortiqcha fayllar, kataloglar va reestr kalitlarini o'chirib yuboradi. 

Revo Uninstaller’ni yuklab olish 

5. Ditto

Barcha klaviatura bilan ishlovchilarga ilg'or almashuv menejeriga ega bo'lishi foydadan holi bo'lmaydi. Ditto eng yahshilaridan biridir. Uning yordamida nafaqat bir nechta ajratilgan fragmentlarni hotirada saqlab qoladi, balki almashuv buferidagi malumotlarni boshqa turli kompyuterlar bilan sinhronlashtirishi mumkin. 

Ditto’ni yuklab olish

6. AquaSnap

AquaSnap — bu ilova dasturlar oynalarini boshqarishni qulaylashtiradi. Uni o'rnatgandan keyin ilovalarni joylashtirish bo'yicha ekranda ko'plab imkoniyatlar paydo bo'ladi. Klaviatura qisqartmalariga ega bo'lgani sababli sichqonchasiz foydalanish mumkin. 

AquaSnap’ni yuklab olish

7. Ultimate Windows Tweaker

Windows dasturiy taminoti yuzlab turli hil opciyalarga ega. Ularning vositasida dasturiy taminotining deyarli barcha aspektlari va tashqi ko'rinishini sozlash mumkin. Biroq, bu sozlashlarning xammasi xam oddiy foydalanuvchiga malum emas. Ko'plari reestrlarning ichki qismlarida yoki tizim dasturlarida yashiringan. Ultimate Windows Tweaker esa dasturiy taminoti, standart brauzer va boshqa qator o'rnatilgan dasturlardagi barcha yashirin imkoniyatlar eshigini ochadi. 

Ultimate Windows Tweaker’ni yuklab olish


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 13.06.2017 / 00:16
O'qilgan: 895
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Яндекс.Метрика