Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)

40 yoshga to'lgunga qadar to'htatilishi kerak bo'lgan hatolar

Agar o'zingizni yahshi ko'rsangiz va dangasalikni engib o'tishga qodir bo'lsangiz, yoshning axamiyati yo'q. 20 va xatto 30 yoshda xam muammolardan qo'rqmaysiz. Tana xar qanday sharoitda ishlashga tayyor va yo'lda uchraydigan barcha to'siqlar o'tib ketadigandek ko'rinadi. Aslida esa, yoshlikdagi hatolar 40 ga yaqinlashganda o'z tasirini ko'rsatishi mumkin. Xar bir chekilgan sigareta, istemol qilingan spirtli ichimlik, qo'yib yuborilgan mashg'ulotlar ayanchli tugashi xech gap emas. 40da xam yosh va tetik bo'lishni istaysizmi? Trendymen buning uchun xozirning o'zidayoq chek qo'yishingiz kerak bo'lgan hatolarga ishora qiladi.

 

Suv ichmaslik

Suv organizmdagi xar bir xujayra va organ, shu jumladan terini xam oziqlantiradi. Ayniqsa yoshi 30 dan oshgan kishilar uchun organizmning etarlicha namlangan bo'lishi juda muxim: nima uchundir yosh o'tgan sari chanqoq xissi kamroq seziladi.

 

Mashg'ulotlarni qo'yib yuborish

Yahshi o'ylangan jismoniy mashqlardan iborat rejim mahsus mashg'ulotlarsiz to'liq bo'lmaydi. Bu sizga mushaklar tonusini saqlab qolish, metabolizmni oshirish va suyaklarni mustaxkamlashda yordam beradi. Bundan tashqari, og'ir yuklar bilan ishlash epchillik va muvozanatni yahshilaydi xamda barcha organlarni etarlicha kislorod bilan to'yintiradi.

 

Chekish

Chekish - zaxar kabi. Tamaki tutuni yurak-qon tomir kasalliklari, o'pka saratoni, falaj havfini oshiradi va chekuvchi insonga boshqa ko'plab ko'ngilsizliklar keltiradi. 30 yoshdan keyin bu eng zararli odatlardan ochiqchasiga taxdid soluvchi odatga aylanadi: mavjud barcha havflar rivojlanish uchun jiddiy omil bo'lib hizmat qiladi.

 

Og'riqqa etiborsizlik

Tanangiz sizga nimagadir ishora qilayotganida, unga etibor bermaslik axmoqona hatodir. Muammodan qancha erta habar topsangiz, uni davolashga shuncha kam pul sarflaysiz. Shunga qaramay, ko'p bemorlar shifokorlarga murojaat qilishni orqaga surishadi. Masalan, erkaklar proktologga borishga or qilishadi, ayollar esa mammologni chetlab o'tishga xarakat qilishadi.

 

Quyosh ostida yurish

Albatta, kun bo'yi quyoshdan qochishga chorlamaymiz, biroq yodingizda bo'lsin: ultrafiolet nurlar terining vaqtidan ilgari qarishiga olib keladi va melanoma (xalokatli kasallik)ning rivojlanish havfini oshiradi. Solyariyani unuting va doimiy ravishda quyoshdan ximoyalovchi kremlardan foydalaning. Shunda sog'lomroq bo'lasiz.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 03.06.2017 / 23:31
O'qilgan: 887
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Яндекс.Метрика