Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Reklama:

Inson organizmi uchun eng foydali yong'oq turlari

Yong'oqlar xajmi kichik bo'lishiga qaramay, foydali moddalarga boydir. Ularda vitaminlar, minerallar, shuningdek "zararli" holesterin darajasini pasaytirishga imkon beruvchi monoto'yintirilgan va polito'yintirilgan yog'lar mavjud. Ko'plab klinik sinovlar davomida yong'oqlarning taomlarga qo'shilishi organizmga ijobiy tasir qilishi, moddalar almashinuvini normallashtirishi va immunitetni oshirishi isbotlangan. Bunga ularning ancha kaloriyali maxsulot ekanini qo'shsak, engil tamaddi qilish uchun mukammal egulikka ega bo'lamiz.

Shunday bo'lsa-da, ularni ertadan kechgacha eyish maqsadga muvofiq emas. Yong'oqning xar bir turi faqatgina meyorida istemol qilinganda, o'ziga hos ozuqaviy va shifobahsh hususiyatlarga ega bo'ladi. Don't Panic yong'oqlarning foydali hususiyatlariga oid maqolasi bilan bo'lishdi.

Yong'oq (oddiy)

Bu yong'oq B2, B12, A, D C, E, K vitaminlari va ko'plab boshqa moddalarga boy. Bunday yong'oqlarda ayniqsa alfa-linol kislotasi ko'p bo'ladi. Shu bois yurak ritmini normallashtirishda yong'oqlarning shu turi istemol qilinadi. Sezilarli natijalarga erishish uchun mutahassislar kuniga 8 tagacha yong'oq istemolini tavsiya qilishadi.

 

Handon pista

Yong'oq kuchli allergiya qo'zg'atuvchi maxsulot xisoblanadi, shuning uchun uni istemol qilishda meyorga rioya qilish lozim. "Dori" sifatida istemol qilinganda kuniga 30 gramm kifoya qiladi. Handon pistalar B6, E vitaminlariga boy, shuningdek ularda etarlicha mis, marganec, fosfor va muxim mikroelementlar mavjud. Handon pista qon tarkibi va jigar faoliyatini yahshilaydi xamda yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishini oldini oladi. Ularni xar kuni istemol qilish o'pka va boshqa organlar saratoni havfini kamaytirishga yordam beradi.

 

Eryong'oq

Tehnik jixatdan eryong'oq dukkakli o'simliklar turkumiga kiradi. Eryong'oq asab tizimining normal faoliyati, DNK va RNK sintezi, miyaning to'g'ri ishlashi uchun zarur bo'lgan  filat - B9 vitaminiga boy. Eryong'oqni meyorida istemol qilish miya faoliyatini rag'batlantiradi, keksayganda esa miyani aqliy faoliyat zaiflashuvidan ximoyalaydi.

 

Bodom

Bodomda kalciy boshqa yong'oqlarga qaraganda ko'proq. Bundan tashqari, u cellyuloza va E vitaminiga boy, bu esa organizmning yallig'lanish jarayonlariga qarshi samarali kurashish imkonini beradi. Shu bilan birga bodom ko'rish qobiliyatini yahshilash, ichaklar faoliyatini normallashtirish, stresslarni engish xamda uyquni tartibga keltirishda yordam beradi.

 

Keshyu

Keshyu xosili ikki qismdan iborat: mevasining o'zi va uning tepasidagi yong'oq. Ular po'stloqsiz sotiladi. Haridorlar qulayligi uchun emas, uning po'stlog'i ostidagi terini kuydiruvchi zaxarli yog' mavjudligi uchun shunday qilinadi. Yong'oq istemol uchun havfsiz bo'lishi uchun termik qayta ishlash jarayonidan o'tkaziladi.

 

Keshyu A, V2, V1 kabi vitaminlar, cink, fosfor, kalciy, temir moddalariga boy. Bunday elementlar to'plami uni antibakterial va antiseptik hususiyatlar bilan taminlaydi. Yong'oqning bu turi immun tizimini mustaxkamlab, qondagi holesterin miqdorini normallashtiradi, shuningdek yurak-qon tomir faoliyatini yahshilaydi.

 

Funduq

O'rmon yong'og'ida organizmga kerakli barcha aminokislotalar, shuningdek B, A, S, E, RR guruxlari vitaminlari mavjud. Funduqdagi temir moddasi miqdori uning go'shtdagi miqdoridan xam ko'p. Funduq organizmdan toksinlar va shlaklarni chiqarib tashlashga yordam beradi, immunitetni mustaxkamlaydi, undagi Taxol moddasi esa o'simtalarning xosil bo'lishi va rivojlanishiga to'sqinlik qiladi.

 

Makadamiya

Asl vatani Avstraliya bo'lgan makadamiya eng kaloriyaga boy yong'oqlardan biri xisoblanadi. Makadamiya V, E, RR guruxlari vitaminlari, kalciy, selen, mis, fosfor, cink, kaliy, natriy, organik kislotalar va yog'lar manbaidir. Uni meyorida istemol qilish yurak-qon tomir kasalliklar uchun ajoyib profilaktika va suyaklar kasalligini samarali davolovchi vositadir. Bundan tashqari, yong'oq antikosidant va yoshartiruvchi hususiyatlarga ega.

 

Pekan

Pekanning po'stloqdagi xosillari zaytunlarga o'hshaydi, shu bois uning ikkinchi nomi - "zaytun-yong'oq". Pekanning shakli va tami oddiy yong'oqqa o'hshab ketadi. Pekan 70 foiz yog'lardan iborat, shuning uchun uni yog'li maxsulotlardan aloxida istemol qilish tavsiya etiladi. Yong'oqning ushbu turi ko'plab ozuqaviy va foydali moddalarga boy, shuningdek unda saraton xujayralari o'sishini to'htatuvchi E vitamini turlaridan biri mavjud. Pekan ayniqsa avitaminoz, charchoq, kamqonlik va ishtaxasizlikda foydalidir.

 

Kedr yong'oqlari

Sibir kedr qarag'ayi urug'larida 19 aminokislota,  A, V, S, D, E, R vitaminlari, muxim makro- va mikroelementlar mavjud. Ularning koncentraciyasi shu qadar yuqoriki, atigi 100 gramm kedr urug'lari marganec, mis, cink, kaliy, kalciy, kobalt va boshqa elementlarning sutkalik dozasiga bo'lgan extiyojni qoplaydi.

Kedr yong'oqlari organizmga umumiy mustaxkamlovchi tasir ko'rsatadi, asab tizimi faoliyatini normallashtiradi, yurak-qon tomir kasalliklari havfini kamaytiradi. Yong'oq po'stlog'ida yallig'lanishga qarshi sezilarli tasir ko'rsatadigan va og'riqsizlantiradigan taninlar mavjud.

 

Bodom, keshyu, handon pista

 

Yong'oqlarning bunday to'plami hushbichimlikni maqsad qilgan va parxez tutishga qaror qilgan kishilar uchun eng maqbul tanlov xisoblanadi. Omega-3 yog' kislotalari, oqsillar va cellyulozalar birikmasi o'zingizni kuchga to'lgandek xis qilishingizga imkon beradi. Ular ishtaxani pasaytirishga yordam berib, to'qlik xissini beradi.

Qadoqsiz yong'oqlar qadoqdagilariga nisbatan foydaliroqdir, zero ularda odatda yog' yoki shakar kabi turli qo'shimchalar bo'ladi.


Manba: Xabardor.uz
Qo'shdi: Admin
Qo'shilgan vaqt: 03.06.2017 / 23:31
O'qilgan: 1078
Barcha fikrlar: 0
Fikr bildirish uchun Ro'yxatdan o'tish lozim!

Fikrlar

Fikrlar yo'q birinchi bo'l!
Яндекс.Метрика Statok.net