Telegram
Birinchi biling!
Jamiyat
−
03 may 2022
8298“Chegarasiz reportyorlar” xalqaro nohukumat tashkiloti So‘z erkinligi indeksining 2022 yilgi reytingini e’lon qildi. Reytingga 180 davlat so‘z erkinligi darajasi bo‘yicha yaxshi, qoniqarli, muammoli, murakkab va juda jiddiy toifalarga bo‘lingan.
O‘zbekiston reytingda o‘z ko‘rsatkichlarini birdan 24 pozitsiyaga yaxshilab, 157-o‘rindan 133-o‘ringa ko‘tarildi. O‘zbekiston global reytingda 45,74 ball to‘plagan. Shu tariqa O‘zbekiston so‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyat juda jiddiy bo‘lgan davlatlar qatoridan chiqqan va murakkab mamlakatlar qatoriga qo‘shilgan.
Reyting beshta ko‘rsatkich: siyosiy, iqtisodiy, qonunchilik, ijtimoiy va xavfsizlik bo‘yicha belgilangan.
O‘zbekiston subko‘rsatkichlarda quyidagicha baholangan:
• siyosiy – 44,75 ball (129-o‘rin);
• iqtisodiy – 35,71 ball (123-o‘rin);
• qonunchilik – 50,88 ball (136-o‘rin);
• ijtimoiy – 53,33 (138-o‘rin);
• xavfsizlik – 44,03 ball (129-o‘rin).
Reytingda birinchi o‘rinni Norvegiya (92,65 ball) egallagan. Uning ortidan Daniya (90,27 ball), Shvetsiya (88,84 ball), Estoniya (88,83 ball) va Finlyandiya (88,42 ball) o‘rin egallagan.
Ro‘yxatning quyi o‘rinlarini Myanma (176-o‘rin), Turkmaniston (177-o‘rin), Eron (178-o‘rin), Eritreya (179-o‘rin) va Shimoliy Koreya (180-o‘rin) egallagan. Reytingda AQSH 42-o‘rin, Rossiya 155-o‘rin va Xitoy 175-o‘rinni egallagan.
LiveBarchasi