Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Bo'limlar

Toshkentda uylarning narxi 8 foizga oshdi 

Jamiyat

image

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari 2022 yil noyabr oyi uchun Toshkent shahridagi uy narxlarining o‘zgarishini raqamlarda tahlil qildi. 

Tahlilga ko‘ra, joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahri bo‘yicha uy savdosi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘rtacha 8 foizga oshgan. Mazkur davrda 1 kvadrat metr uchun narxlar o‘rtacha 27 foizga oshgan, ya’ni ushbu ko‘rsatkich 2021 yil noyabrda 849 AQSH dollari bo‘lsa, 2022 yil noyabrda 1078 dollarga yetgan.

Toshkent shahrining ayrim hududlarida 1 kvadrat metr uchun uy narxlari o‘rtacha ko‘rsatkich (1078 dollar)dan sezilarli darajada yuqori, ya’ni quyidagicha:

Mirobodda –1285 dollar (+20%)
Yakkasaroyda – 1178 dollar (+9%)
Shayxontohurda – 1144 dollar (+6%)
Mirzo-Ulug‘bekda – 1137 dollar (+6%)
Yunusobodda – 1117 dollar (+4%)  

Ma’lumot o‘rnida, 2022 yilning 9 oyi davomida Toshkent shahri bo‘yicha o‘rtacha ish haqi 5,9 million so‘mga yetib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 32,5 foizga o‘sgan. Ushbu davrda yillik inflyatsiya darajasi 12,2 foizni tashkil etgani hisobga olinsa, real ish haqi daromadlari 20,3 foizga oshgan. Mazkur davrda so‘mning 1 AQSH dollariga nisbatan almashuv kursi 10672,30 so‘mdan 10973,39 so‘mga (2,8%) o‘zgargan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

161

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Яндекс.Метрика