Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Bo'limlar

Toshkentda xususiy bog‘chada yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 3 dekabr kuni soat 02:00 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Jarariq” mahalla fuqarolar yig‘ini Jarariq ko‘chasida joylashgan xususiy bog‘chada yong‘in kelib chiqqanligi to‘g‘risida shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea joyiga soat 02:03 da 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Yong‘in soat 02:30 da qurshab olinib, 02:46 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida bino 2-qavatining 200 kvadrat metr maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli yong‘indan binoning 300 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shayxontohur tumani

Baholaganlar

149

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Яндекс.Метрика