Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Bo'limlar

Toshkent-Termiz yo‘lidagi ko‘prikda yoriqlar paydo bo‘lishiga hokimlik munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Sirdaryoning Oqoltin tumanidagi ko‘prikda yoriqlar paydo bo‘lishi oqibatida Toshkent-Termiz yo‘nalishi vaqtincha yopilgani haqida xabar bergan edik. Bu holatga viloyat hokimligi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining 10 kilometridagi 1990 yilda qurilgan zovur ustidan o‘tgan ko‘prikning “Toshkent-Jizzax” yo‘nalishidagi qismida og‘ir yuk mashinalari harakatlanishi oqibatida 5 ta oraliq qurilma balkalarida yoriq vujudga kelgan va bir qismi cho‘kkan.

Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko‘prikning yarimida transport vositalarining harakati cheklanib, avtotransport vositalari harakati xalqaro ahamiyatdagi M-34 "Toshkent - Dushanbe" avtomobil yo‘lining 104-152 kilometrlari hamda A-376 "Qo‘qon - Jizzax" avtomobil yo‘lining 219-242 kilometrlari orqali tashkil qilinmoqda. Hozirda ko‘prikni tiklash bo‘yicha qurilish-montaj ishlari boshlab yuborilgan.

“Shuningdek, avtotransport vositalarining mazkur yo‘nalishda harakatini qayta yo‘lga qo‘yish uchun qo‘shimcha ravishda zovur ustidan vaqtinchalik o‘tish yo‘li qurishga qaror qilingan. Buning uchun 50 ga yaqin kuch va vositalar jalb qilinib, 3 smenada ish tashkil qilinyapti”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Яндекс.Метрика