Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Bo'limlar

Shomurodov qaysi jamoadan taklif kutayotgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov qishki transfer oynasida boshqa klubga o‘tishi mumkin. Futbolchini Rim “bo‘rilari” safidagi oz o‘yin vaqti qoniqtirmayapti.

Yaqinda Shomurodovga A Seriyada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan “Kremoneze” klubidan taklif tushdi. Biroq Eldor bu variantdan bosh tortdi – u “Torino”dan taklif kutmoqda, deb xabar berdi “SportItalia” nashri.

Qayd etish joiz, OAV “Torino”ning Shomurodovga qiziqishi haqida bir necha bor yozgan. Shuningdek, Shomurodovning xizmatlariga “Bolonya” ham befarq emas.

Joriy mavsumda hujumchi rimliklar safida umumiy 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shomurodov Roma

Baholaganlar

1369

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Яндекс.Метрика