Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Bo'limlar

Rossiyada o‘zbekistonlik mintaqalararo narkokurer hibsga olindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiyaning Volgograd viloyatida O‘zbekistondan kelgan narkokurer qo‘lga olindi. Bu haqda “Visota 102” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari avtobusning statsionar punktini tekshirish paytida salkam 2 kg geroin moddasi borligini aniqlagan. Giyohvand moddalarni xizmat iti hidlab topib, politsiyani yo‘lovchilardan biri tomon yetaklagan.

Aniqlanishicha, O‘zbekiston fuqarosi mintaqalararo narkokurer bo‘lgan. U giyohvand moddalarni Volgograd viloyati va qo‘shni viloyatlarning maxfiy joylariga yashirishi kerak bo‘lgan. Hozirda erkak hibsga olingan va unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Ma’lum qilinishicha, giyohvand moddalarni katta hajmda sotishga urinish uchun ayblanuvchi 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

673

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Яндекс.Метрика