Putin Rossiya va Xitoyning Afg‘oniston bo‘yicha rejasini ma’lum qildi
Olam 22 Oktabr 2021 13:58
7071
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Afg‘onistonda nima bo‘lishidan qat’i nazar Rossiya, Xitoy va Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar fuqarolari uchun xavfsiz muhit yaratash rejalari haqida gapirdi.
“Xitoy bilan ikki tomonlama rejada bu ishni faol davom ettiramiz, tegishli tuzilmalar o‘rtasida muloqot o‘rnatildi”, degan Putin Valday forumidagi nutqi davomida Afg‘onistondagi vaziyat haqida gapirib.
U SHHT davlatlari fuqarolari uchun xavfsiz muhit yaratish uchun barcha choralar ko‘rilishini aytgan.
“Umuman olganda, Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida biz buni kerakli resurslarni ajratish va Afg‘onistonda nima bo‘layotganidan qat’i nazar, o‘z fuqarolarimiz, mamlakatlarimiz fuqarolari o‘zlarini xavfsiz his qilishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish orqali amalga oshiramiz