Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Bo'limlar

Nukusda -16,2 daraja sovuq kuzatildi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida bugun, 3 dekabr havo harorati -16,2 darajagacha sovuq bo‘ldi. Bu haqda “O‘zgidromet” mutaxassisi Erkin Abdulahatov xabar berdi.

Shuningdek, u Nukus bo‘yicha iqlimiy ma’lumotlar infografikasini ilova qilgan.

Nukus kuzatuvlar tarixida aynan 3 dekabr sanasi uchun eng sovuq kun 1944 yilda ro‘yxatga olingan. O‘shanda havo harorati -22 darajagacha pasaygan.

Ma’lumot uchun, ertaga, 4 dekabr kuni kunduzi Buxoro va Navoiy, kunning ikkinchi yarmida Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyati hududlarida qor yog‘adi. Boshqa viloyatlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet aholini 2 dekabr kuni 17 darajagacha sovuq havo bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantirgan edi. 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

260

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Яндекс.Метрика