Telegram
Birinchi biling!
3-sahifa
−
03 Oktabr 2022
6462Joriy yilning 1 oktyabr kuni Namangan viloyatining Pop tumanida yengil avtomobil va traktor to‘qnashuvida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB YHXB xabar berdi.
YTH soat 20:00 larda, A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 293 kilometrida yuz bergan. Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi Toshkent-vodiy yo‘nalishida ketayotgan vaqtida harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, o‘zidan oldinda ketayotgan MTZ-80 rusumli traktorga borib urilgan.
Oqibatda Cobalt rusumli avtomashinada bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchilar, og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Avtomashina haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat bo‘yicha Pop tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan tergov qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi