Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Bo'limlar

Metan gaz narxi borasida muhim ogohlantirish e’lon qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda kuz-qish mavsumida ob-havoning sovushi sababli  ayrim hududlardagi metan gaz quyish shoxobchalariga cheklovlar kiritiladi. Biroq bu holat avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari tomonidan metan gazi narxlarining oshirilishiga sabab bo‘la olmaydi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi metan gaz narxlarini doimiy monitoring qilib bormoqda. Tadbirkorlar tomonidan shoxobchalarda metan gazi narxlarini sun’iy ravishda oshirish holati aniqlansa, mansabdor shaxslarga belgilangan tartibda tegishli chora ko‘riladi.

Shunindek, bu borada Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining barcha hududiy boshqarmalariga aniq topshiriqlar berilgan. Ular tomonidan nazorat ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

metan gaz

Baholaganlar

2999

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar

Яндекс.Метрика