Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Bo'limlar

Makron Rossiyaga xavfsizlik kafolati berish kerakligini aytmoqda

Olam

image

Kelajakdagi Yevropa xavfsizlik arxitekturasi Rossiya uchun kafolatlarni o‘z ichiga olishi kerak. Bu haqda bugun, 3 dekabr kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron TF1 telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

“Biz ertaga qanday xavfsizlik arxitekturasi haqida o‘ylashimiz kerak. Gap, xususan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning NATO Rossiya chegaralariga yaqinlashib, unga tahdid solishi mumkin bo‘lgan qurollarni joylashtirgani haqidagi so‘zlari haqida ketmoqda. Bu masala tinchlik munozaralarining bir qismi bo‘ladi va biz bundan [Ukraina mojarosidan] keyin sodir bo‘ladigan voqealarga tayyorgarlik ko‘rishimiz va ittifoqchilarimizni qanday himoya qilishimiz va shu bilan birga muzokaralar stoliga qaytganida Rossiyaga o‘z xavfsizligi uchun kafolatlar berishimiz haqida o‘ylashimiz kerak. Ukrainaga bog‘liq savol bor – bu uning chegaralari”, deydi Fransiya rahbari. 

Xo‘sh, Makron Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Qrimni qaytarish haqidagi talablarini qonuniy deb hisoblaydimi?  U bu savolga quyidagicha javob bergan: 

“Ukrainaning o‘zi qanday shartlar, qanday va qachon muzokara olib borishni hal qilishi kerak, boshqa hech kim emas. Bizga bog‘liq bo‘lgan narsa Yevropaning qolgan qismi xavfsizligi”. 

Fransiya rahbari amerikalik mavqedoshi Jo Bayden bilan muzokaralar o‘tkazish uchun 29 noyabr kuni AQSHga bordi. Bu Makronning 2017 yilda Yelisey saroyiga kelganidan keyin ikkinchi davlat tashrifidir. U birinchi marta 2018 yilda Donald Tramp taklifiga binoan AQSHga tashrif buyurgan.


Maqola muallifi

Teglar

Emmanuel' Makron

Baholaganlar

562

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Яндекс.Метрика