Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Bo'limlar

Kasalxonaga yotqizilgan Pelening ahvoli ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Futbol qiroli, uch karra jahon chempioni Pelening kasalxonaga yotqizilganidan so‘ng holati haqida ma’lumot berildi. Bu haqda "Reuters" nashri xabar berdi. 

Xabarga ko‘ra, bemorning nafas yo‘llarida infeksiyasi borligi aniqlangan. Hozirda futbol qirolining ahvoli barqaror. U hozir antibiotiklar bilan davolanmoqda. Pele davolanishni davom ettirishi uchun biroz muddat shifoxonada qolishiga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, 82 yoshli Braziliya afsonasi 29 noyabr kuni San-Pauludagi kasalxonaga yotqizilgan edi. Sobiq futbolchi 1 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislari qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirgandi.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Яндекс.Метрика