Istanbulda kuchli shamol shaharni ostin-ustun qilmoqda (video)
Olam 29 noyabr 2021 19:14
5759
Bugun, 29 noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida kuchli shamol esmoqda. Tabiiy ofat tufayli tom qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda NTV telekanali xabar berdi.
“Rambler” nashrining qayd etishicha, dovul tufayli “Turkish Airlines”ga qarashli oltita samolyot Istanbulga qo‘na olmagan. Samolyotlar qo‘nish uchun Anqara va Izmir shaharlariga yo‘naltirilgan.
Bundan tashqari, Turkiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati kuchli shamol tufayli Bosfor bo‘g‘ozida kemalar harakati to‘xtatilgani haqida ma’lum qilgan.