Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Bo'limlar

G7 davlatlari Rossiyaga yana bir og‘ir “zarba” berishga tayyorlanmoqda

Olam

image
0:00
0:00
download

G7 (katta yettilik), Avstraliya va Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiya neftiga cheklangan narx belgilashga kelishib oldi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu bitimni Yevropa Ittifoqi davlatlari orasida faqatgina Polsha ma’qullamayotgan edi. Biroq oxir-oqibat Polsha ham Rossiya neftiga cheklangan narx belgilashga rozi bo‘ldi. Bu esa kelishuvni rasman tasdiqlash uchun imkoniyat beradi.

G7 davlatlari va Avstraliyaning birgalikdagi bayonotida aytilishicha, narx chegarasi joriy yilning 5 dekabridan yoki undan keyin juda tez fursatda kuchga kiradi.

“Narxlarni chegaralash koalitsiyasi narxlar chegarasining samaradorligini ta’minlash bo‘yicha keyingi harakatlarni ham ko‘rib chiqishi mumkin”, deyiladi bayonotda. 

Biroq Rossiya neftining narxiga nisbatan yana qanday choralar ko‘rilishi mumkinligi haqida hozircha ma’lumot berilmagan. Bitimning to‘liq tafsilotlari 5 dekabr kuni Yevropa Ittifoqining yuridik jurnalida chop etilishi kerak.

G7’ning narxlarni cheklash g‘oyasi, Rossiyaning neft sotishdan keladigan daromadini kamaytirish uchun qilinmoqda.

Avvalroq G7 davlatlari, Yevropa Ittifoqi va Avstraliya Rossiya neftining 1 barreli uchun 60 dollarlik narx belgilash borasida kelishayotgani haqida xabar berilgandi. Ushbu bitim Rossiya iqtisodiyoti uchun og‘ir zarba bo‘lishi mumkin. 2022 yilning 22 noyabr holatiga ko‘ra, 1 barrel neftning narxi 87 dollarni tashkil qiladi. Rus energiyasi uchun belgilanayotgan narx esa ushbu narxdan deyarli 30 dollarga past. Biroq bu joriy yil hisobidan neftning eng past narxi ekanligini inobatga olsak, Rossiya iqtisodiyotining zarari ko‘lami yanada katta bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.


Maqola muallifi

Teglar

G7

Baholaganlar

265

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Яндекс.Метрика