Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Bo'limlar

Deputatlar majlis chog‘ida mushtlashib ketdi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Senegal parlamenti a’zolari mamlakat byudjeti bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish vaqtida mushtlashib ketdi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, siyosatchi Emi Ndiaye bu mushtlashuv vaqtida jarohat olgan. Unga parlamentdagi hamkasbi, lekin siyosiy raqibi Serin Mustafo Si  hujum qilgan.

Zarba shunchalik kuchli bo‘lganki, hujum qilgan shaxs ham, jabrlanuvchi ham polga yiqilgan. Ndiaye  o‘zini yomon his qilib shifoxonaga olib ketilgan.

Parlamentning ayrim a’zolari “bu qilmish jazosiz qolmasligi kerak”, deydi.

Deputat Aminata Guye mushtlashuv ishtirokchilaridan omma oldida kechirim so‘rashni talab qilmoqda. Aks holda ular endi Assambleyada so‘zlash huquqiga ega bo‘lmaydi. Guye barcha siyosiy tafovutlarga qaramay, birdamlik ko‘rsatishni so‘rab, barcha ayol deputatlarga murojaat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

503

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Яндекс.Метрика