Telegram
Birinchi biling!
Olam
−
14 yanvar 2021
5855Belgiya qiroli Filipp Bryusseldagi tartibsizliklar vaqtida shikastlanishiga oz qoldi. RTBF`ning ma’lum qilishicha, monarxning avtomobili politsiya xodimlari harakatidan norozilar to‘plangan tumanga borib qolgan.
Namoyishchilar qirolning avtomobilini ko‘rib, “qirol, bu qirol” deb baqira boshlagan. Keyin uni toshbo‘ron qilishgan.
Bryusseldagi namoyishlar 23 yoshli gvineyalik Ibrohimning o‘limidan keyin boshlandi. Yosh yigit karantin qoidasini buzgani uchun shahar ko‘chalaridan birida hibsga olingan. Bo‘linmada unda yurak huruji yuz bergan. Tez tibbiy yordam juda sekin kelgan va yigit vafot etgan.
Kecha, 13 yanvar kuni Shimoliy vokzalda norozilik namoyishlari boshlandi va uning ishtirokchilari politsiya xodimlarini haqorat qilib, ularga tosh otishni boshlagan.
LiveBarchasi