Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Bo'limlar

Angrenda hokim yordamchisi o‘z uyidan jonsiz holda topildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 2 dekabr kuni soat 15:00 larda Angren shahrining “Ulug‘bek” mahallasida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan B.N. o‘z xonadonida jonsiz holda topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Ovchilik” birlashmasiga qonuniy a’zo bo‘lgan, to‘rt farzandning otasi B.N. o‘ziga tegishli ov quroli orqali tanasining chap ko‘krak sohasi qismiga taqab bir marotaba o‘q uzib, o‘z joniga qasd qilgan va voqea joyida vafot etgan. U sochma qo‘rg‘oshinli o‘qdan foydalangan.

Holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida fuqaro B.N. Angren shahar “Dorilfunun” MFYda hokim yordamchisi lavozimida ishlagani va yaqinda ishdan bo‘shagani aniqlangan. Shuningdek, u otasining vafotiga ko‘p bo‘lmagani bois tushkun kayfiyatda yurgani aytilmoqda.

Hozirda holat bo‘yicha qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

738

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Яндекс.Метрика