Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Bo'limlar

Amerikalik jurnalist Baydenning o‘g‘li bilan bog‘liq shov-shuvli voqeani oshkor qildi 

Olam

image

Twitter’ning egasi, amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida jurnalist Mett Taybbi akkauntiga havola joylashtirdi. Mett o‘zining sahifasida Twitter Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Xanter Bayden bilan bog‘liq shov-shuvli voqeani yashirgani to‘g‘risida dalillarni keltirgan. Bu haqda “Gazeta” xabar berdi.

Gap Xanterning noutbugidan Ukrainaning “Burisma” energetika kompaniyasi rahbari Vadim Pojarskiy bilan yozishmalari topilgani haqida ketmoqda. O‘shanda Prezidentning o‘g‘li tashkilot direktorlar kengashi a’zosi bo‘lgan. Maktublarning birida Pojarskiy Xanter Baydendan kompaniyaga yordam berish uchun qanday qilib o‘z ta’siridan foydalanishi mumkinligi haqida o‘ylashni so‘ragan.

Biroq Twitter Xanter Baydenning ishi bilan bog‘liq har qanday postlarni o‘chirib tashlagan va foydalanuvchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bloklab qo‘ygan. 

Shuningdek, Twitter saylovlar oldidan Jo Bayden va Donald Trampning platformadagi kontentini tekshirish borasidagi so‘rovlarni bajargan. Qolaversa, ijtimoiy tarmoq Respublikachilar partiyasidan ko‘ra, Demokratlar bilan yaqinroq aloqada bo‘ladi.

Joriy yilning noyabr oyi boshida SBS telekanali Xanter Baydenning noutbugidan topilgan ma’lumotlar soxtalashtirilmagani haqida xabar bergan. Biroq Prezident Bayden o‘g‘liga ishonishini aytib keladi. Baydenning iddao qilishicha, tergovchilar va prokuratura Xanter Baydenga qarshi hech qanday dalil topmagan.

Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask Twitter’ni sotib olgach, undagi senzuralarni olib tashlashni va kompaniyaning maxfiy ma’lumotlarini ommaga oshkor qilishini aytgan edi. Jurnalist Mett Taybbi qo‘llab-quvvatlash orqali Mask o‘zining rejalari qat’iy ekanligini bildirdi. Chunki Twitter’ning oldingi rahbarlari Taybbini darhol bloklagan bo‘lardi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Jo Bayden

Baholaganlar

479

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Яндекс.Метрика