Kirish | A`zo bo`lish (Bepul)
Bo'limlar

AQSHning Ukraina bo‘yicha siyosati o‘zgardimi?

Olam

image
0:00
0:00
download

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Prezidenti Jo Bayden Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainadan qo‘shinlarini olib chiqadigan bo‘lsa, u bilan gaplashishga tayyorligini bildirgandi. Biroq bu Vashingtonning Ukrainaga nisbatan siyosati o‘zgarganini anglatmaydi. Bu haqda AQSH Davlat departamentining matbuot kotibi Ned Prays ma’lum qildi.

“Bu siyosatning o‘zgarishini anglatmaydi. Biz ushbu urushni yakunlash uchun hamma narsani aniq ko‘rsatdik. Albatta, Prezident Bayden va Prezident Putin o‘rtasida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy muhokamalardan juda xursandman”, deydi Ned Prays.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 dekabr kuni AQSH yetakchisi Bayden Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan birgalikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Putin Ukrainadan Rossiya qo‘shinlarini olib chiqib ketadigan bo‘lsa, u bilan gaplashishga tayyorligini aytgan edi. Amerika yetakchisining gaplariga ko‘ra, Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov munosabat bildirib, Kreml muzokaralarga ochiqligini, ammo bu Bayden qo‘ygan shart asosida bo‘lmasligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Jo Bayden

Baholaganlar

243

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Яндекс.Метрика